148. Relevant chegarasi oralig’ida bir dona mahsulot turiga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar: A) ishlab chiqarish hajmiga umuman aloqasi yo’q;
B) har bir ishlab chiqarish hajmida turlicha bo’ladi;
C) har bir ishlab chiqarish hajmida o’zgarmasdan qoladi;
D) har bir ishlab chiqarish hajmiga qarab proportsional o’zgaradi;
E) to’g’ri javob yo’q.
149. Kelgusi yilga korxona o’z faoliyatini rejalashtirishda, realizatsiya hajmini 20 000 000 000 so’m etkazish uchun quyidagi ma’lumotlarni tayyorladi:
Ushbu misolda kritik nuqtani pul birligida aniqlang. A) 8 400 000 000;
B) 15 000 000 000;
C) 3 400 000 000;
D) 20 000 000 000;
E) 16 600 000 000.
150. Tashkilot 500 000 dona mahsulot sotishni rejalashtirmoqda. Shundan doimiy xarajatlar – 1 000 000 000 so’m va o’zgaruvchan xarajatlar - sotish bahosining 60% tashkil qilgan. Tashkilot 800 000 000 so’m foyda olishi uchun, mahsulot birligining donasining sotish bahosi bo’lishi kerak: A) 6 000 so’m;
B) 7 000 so’m;
C) 8 000 so’m;
D) 9 000 so’m;
E) 10 000 so’m.
151. Korxona ishlab chiqqan mahsulotining har bir donasini 1 500 000 so’mda sotmoqchi. Har bir dona mahsulotga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar – 1 250 000 so’m. Doimiy xarajatlar bir oyga 1 600 000 000 so’m tashkil qiladi. Shu vaziyatda sotishning kritik nuqtasi necha dona mahsulot birligiga teng?
A) 6 420;
B) 6 400;
C) 6 950;
D) 6 240;
E) 6 879.
152. Buyurtmali usul bo’yicha tannarxni kalkulyatsiya jarayonida umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarish uchun: A) 2010 - hisobvaraq debetlanadi;
B) 2510 - hisobvaraq debetlanadi;
C) 2510 - hisobvaraq kreditlanadi;
D) 2010 - hisobvaraq kreditlanadi;
E) 2310 - hisobvaraq debetlanadi.
153. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning normativ koeffitsenti - bu: A) haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlarining umumishlab chiqarish xarajatlariga nisbati;
B) haqiqiy umumishlab chiqarish xarajatlarining, haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga nisbati shaklida aniqlanadi;
C) haqiqiy umumishlab chiqarish xarajatlarining rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
D) rejalashtirilgan umumishlab chiqarish xarajatlarining, haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
E) rejalashtirilgan umumishlab chiqarish xarajatlarining, rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmining nisbati.