Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə466/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   524
Guliston davlat

Buxgalteriya hisobining uslubi - buxgalteriya hisobining predmetini o’rganish va aks ettirish usuli. Buxgalteriya hisobining uslubi buxgalteriya hisobining predmeti haqida ishonchli ko’rsatkichlar olishni ta’minlaydi. Bu ko’rsatkichlar 2 guruhga bo’linadi: korxona mablag’larining hajmi, tarkibi, joylashishi va foydalanishi, ikkinchisi esa, mablag’lar manbai va ularning maqsadli mo’ljalidir. (Korxona mablag’lari manbalar tashkil topishi, korxona mablag’lariga qarang). Ko’rsatkichlar guruhi o’zaro bog’liqlikda bo’lib, ularning har ikkisi ham korxona mablag’ini aks ettiradi. Shuning uchun ham ko’rsatkichlarning 2 guruhi ham (pul ko’rinishida) o’zaro teng bo’lishi lozim (balansli umumlashuv).
Balansda umumlashuvga ega bo’lish maqsadida hisobvaraqning quyidagi usullari qo’llaniladi: xo’jalik mablag’larini baholash va kalkulyatsiya; buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining tizimi va xo’jalik jarayonlarini hisobvaraqlarda ikki yoklama yozuv usulida aks ettirish; hisob registrlar ma’lumotlarini umumlashtirish (balans va hisobot). (Buxgalteriya balansi, hujjatlashtirish, ikki yoklama yozuv, inventarizatsiya, xo’jalik mablag’larini baholash, hisobot, buxgalteriya hisobiga qarang).
Buxgalteriya hisobining o’lchov birliklari - buxgalteriya hisobi ob’ektlarining o’lchov birliklari, hisob ob’ektlari haqida ko’rsatkich ma’lumotlarini olish uchun uch xil o’lchov birliklaridan foydalaniladi: natura, mehnat va pul birliklari.
Asosan, pul o’lchov birligidan foydalaniladi, unda umumlashgan ma’lumotlar olinadi. Sintetik hisobda faqat pul o’lchov birligidan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi barcha ob’ektlari bahoga ega bo’lishi kerak.
Natura o’lchov birligi asosiy vositalar, materiallar, mahsulot, tovar va boshqa tovar moddiy boyliklari hisobida qo’llaniladi. Natura o’lchov birligi katta nazorat ahamiyatiga ega bo’lib, analitik hisobda keng foydalaniladi. Ammo bu o’lchov birligi umumiy ko’rsatkichlar olish imkonini bermaydi.
Mehnat o’lchov birligi yordamida mehnat kuni va mehnat soatlari miqdori haqida ko’rsatkichlar olinadi. Mehnat vaqtini hisobga olish hujjati tabel hisoblanadi. Bu hujjathar bir xodim haqida uning ishlagan mehnat kuni va soatlari to’g’risida to’liq ma’lumotlar beradi. Bundan tashqari mehnat kuni yoki mehnat soatlari bo’yicha mehnat xarajatlari mehnat hisobi hujjatlarida ham ko’rsatiladi. Mehnat o’lchov birligi hisob varaqalari, brigadir daftarchalari va naryadlarida aks ettiriladi. Mehnat soati va mehnat kunlari to’g’risidagi o’lchov birliklaridan mehnatga haq hisoblashda va mehnat unumdorligini aniqlashda foydalaniladi.
Buyurtmali usul – qabul qilingan buyurtmalarga sarflangan xarajatlarni umumlashtiruvchi, murakkab, alohida va tajriba ishlarini bajarishda qo’llaniladigan tannarx hisoblash usuli.
Byudjet - 1. Qonuniy tartibda tasdiqlangan davlat daromadlari va xarajatlarining aniq bir muddatga ro’yxati. 2. Ma’lum bir muddatga davlat muassasa korxona yoki alohida kutilayotgan daromadlar va xarajatlarining taxminiy hisoblanishi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin