Franshiz - boshqa firma mahsulotini sotish yuzasidan berilgan huquq.
Franshiza - sug’urta shartnomasi sharti bo’lib, ma’lum bir hajmdan oshmagan zararlarni qoplashdan sug’urtachini ozod qilishni ko’zda tutadi.
Fraxt - transportning turli ko’rinishlarida yuklarni tashish uchun to’lov. Tashuvchi bo’lib, avtotashkilot, temir yul, aviakompaniya, kema kompaniyalari, shuningdek, aralash tashishni bajaruvchi vositachi ham qatnashishi mumkin. Fraxt to’lovining tartibi va fraxt hajmi fraxt shartnomasida tomonlar o’rtasida kelishib olinadi.
Funktsional boshqarish– korxona faoliyatini moliya, ta’minot, sotish, kadrlar, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlovlar, tashqi iqtisodiy aloqalar kabi alohida funktsiyalar bo’yicha boshqarish.
Funktsional-qiymat tahlili (FQT) usuli – ob’ekt (mahsulot, jarayon, tuzilma)ni tizimli tadqiq qilishning sifat va foydaliligini oshirgan holda uni loyihalash, ishlab chiqish va foydalanish sohalarida xarajatlarning eng kichik miqdorini ta’minlovchi usu l.
Fyucher kelishuvi - fond yoki tovar birjalaridagi kelishuv turi, bo’lib shartnomada ko’rsatilgandek, kelishuv tuzilganidan keyin belgilangan muddatda aktsiyalarni berish yoki tovar uchun pul to’lov summalarining berilishini nazarda tutadigan kelishuv turi hisoblanadi.
Geografik segment – muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirida, ma’lum makonda harakat qiluvchi ajratib qo’yilgan komponent.
Hisobvaraqlardagi oxirgi yozuv - buxgalteriya hisobida yil oxirida hisobvaraqlardagi yozuv. Yil oxirida hisobvaraqlardagi yozuv inventarizatsiya asosida aniqlanadi va ulardagi aylanma va qoldiqlar hisoblanadi. Bunda ko’pgina hisobvaraqlar, masalan, 2510 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” hisobvarag’i, 9400 - “Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”, 9110 - “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” va boshqa hisobvaraqlar bekitiladi. Davlatga qisman yoki to’liq tegishli, shuningdek, davlat korxonasining asosi yoki ularning tarkibiy bo’linmalarida tashkil etilgan, xususiylashtirilgan korxonalar ular to’liq sotib olingan vaqtga qadar hisobotlarini tegishli davlat boshqaruv organlariga topshiradilar. Qo’shma korxonalar xalqaro uyushma va tashkilotlarga hisobot topshiradilar. Shu bilan birga soliq inspektsiyasi va boshqa tegishli joylarga topshirilgan hisobotlar tekshiriladi, agar xatoliklar, tushunmovchiliklar, noto’g’ri, maqsadsiz ajratmalarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, ko’rsatmalar beriladi va korxona buxgalteriyasida to’g’ri yozuvlar amalga oshiriladi.
Kelgusi yil hisobini yurgizish uchun yangi hisob registrlarida hisobvaraqlar ochiladi.