Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Majburiyatlarda shaxsni o’zgarishi hisobidan (talabdan boshqa



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə89/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   524
Guliston davlat

3.10. Majburiyatlarda shaxsni o’zgarishi hisobidan (talabdan boshqa
shaxs foydasiga voz kechish) hisob-kitoblar hisobi

O’zR FK 313 moddaga asosan majburiyat asosida kreditorga tegishli bo’lgan huquq (talab) uning tomonidan bitim bo’yicha boshqa shaxsga o’tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaxsga o’tishi mumkin.


Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o’tishi uchun, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, qarzdorning roziligi talab qilinmaydi. Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o’tganligi haqida yozma ravishda xabardor qilingan bo’lmasa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan o’zi uchun noqulay oqibatlar xavfini o’z zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb hisoblanadi.
Birinchi kreditorda hisob-kitoblar
Da’vo huquqini berish to’g’risidagi shartnomaning shartnomaviy qiymati to’g’risida:
D 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari”
K 9390 “Boshqa operatsion daromad”.
Soliq kodeksining 10-bobiga muvofiq bu bitim QQSga tortilmaydi, lekin sotilgan debitorlik qarz bo’yicha to’lanmagan QQS summasi mavjud bo’lsa, unda bu summa shartnoma tuzilgan paytda to’liq byudjet bilan hisob-kitob qilinadi.
D 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (QQS summasiga”.
Da’vo huquqi sotilgan keyin hisobdan chiqariladi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
Mazkur da’vo huquqini amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar summasi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”.
Odatda, da’vo huquqini sotgan birinchi kreditor zarar ko’radi:
D 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
O’zR Soliq kodeksini 300 moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo’yicha olingan daromadlar quyidagilarning o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi:
1) talab qilish huquqini oluvchi soliq to’lovchi uchun – qarzdordan talab bo’yicha asosiy qarzdan olinishi lozim bo’lgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan ortiq summa bilan talab qilish huquqini olish qiymati o’rtasidagi ijobiy farq;
2) talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechgan soliq to’lovchi uchun – talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechish qaysi qiymat bo’yicha amalga oshirilgan bo’lsa, o’sha qiymat bilan soliq to’lovchining dastlabki hisobga olish hujjatlariga binoan talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim bo’lgan talabning qiymati o’rtasidagi ijobiy farq;
3) qarzni talab qilish huquqini bundan buyon amalga oshiruvchi soliq to’lovchi uchun – talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechish qiymati bilan mazkur talabni sotib olish xarajatlarining summasi o’rtasidagi ijobiy farq.
Talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechishdan olingan daromad talab qilish huquqidan voz kechish amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechish shartnomasiga ko’ra olingan salbiy farq soliq to’lovchining zarari deb e’tirof etiladi va soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin