Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Asosiy vositalarini ijaraga olish hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə103/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   524
Guliston davlat

4.5. Asosiy vositalarini ijaraga olish hisobi

Tarixchilarning ma’lumotiga ko’ra, ijara (lizing) kelishuvlari haqida birinchi bor 1066 yillardagi tarixiy asarlarda ma’lumotlar keltirilgan. Unga ko’ra, Vilgelm Britaniya orollarini egallash uchun Normandiyaliklardan kemalarni lizingga olgan. Ushbu tarixiy tajribalar asosida ikki asrdan so’ng, 1248 yilda birinchi rasmiy lizing kelishuvi ro’yxatga olindi, salibdorlar navbatdagi yurishga tayyorlanish asnosida shu yo’l bilan harbiy qurol-aslaha va kiyim-kechakka ega bo’lganlar.


“Lizing” atamasi inglizcha “to lease” so’zidan olingan bo’lib “ijaraga olish” degan ma’noni bildiradi. Mazkur atamani iktisodiy muoamalaga kirib kelishi, “Bell” telefon kompaniyasi bilan bog’liq. Ushbu kompaniyaning rahbariyati 1877 yilda o’zining telefon apparatlarini sotmasdan, lizingga berish haqida qaror qabul qilgan edi. Ammo, asosiy faoliyatini lizing operatsiyalari tashkil etuvchi birinchi kompaniya 1952 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarida tashkil etilgan “United States leasing Corporation” kompaniyasi hisoblanadi.
AQSh va Buyuk Britaniyaning lizing faoliyatini yo’lga qo’yish borasidagi tajribalaridan sobiq Ittifoqda foydalanilmadi. Faqat II jahon urushi davridagina, sobiq Ittifoq fuqarolari lizing (lend-lease) tushunchasi bilan tanishdilar. AQSh o’sha davrda o’zining ittifoqchilariga qurol-aslaha, oziq-ovqat, avtomobil transporti, dori-darmon va boshqalarni lizing asosida etkazib bergan.
Lizing - aktivlarning egasi (lizing beruvchi) boshqa tomonga (lizing oluvchiga) ma’lum bir vaqt ichida to’lov evaziga aktivlarni ishlatish uchun eksklyuziv huquqni topshirishi bo’yicha bitim hisoblanadi.
Lizing ikki: operatsion va moliyaviy turlarga bo’linadi.
Operatsion lizing bitimi bo’yicha - bino va asbob-uskunalar qisqa muddatga (bir kundan bir yilgacha yoki ko’proq muddatga) lizingga olinganda, lizing beruvchi asosiy vositalarni ta’mirlash va lizingni amalga oshirish bo’yicha xarajatlardan tashkil topuvchi joriy xarajatlarni, masalan soliqlar va mulk sug’urtasini to’lashni o’z zimmasiga oladi.
Moliyaviy lizing bitimi bo’yicha lizing oluvchi hamma xarajatlarni o’zi qoplash majburiyatini oladi.
Moliyaviy lizing - bu aktivga egalik qilish huquqi bilan bog’liq bo’lgan hamma risk va mukofotlar, aktivlarni ishchi holatda saqlab turuvchi lizing oluvchiga o’tkaziladigan lizingga aytiladi. MHXSga muvofiq quyidagi shartlardan biriga mos keladigan lizing moliyaviy hisoblanadi:
1. Lizing muddati tugagach, lizing orqali aktivlarga egalik qilish huquqi lizing oluvchiga o’tkaziladi.
2. Lizing aktivlarni bozor narxidan pastroq narxda xarid kilish imkoniyatini beradi.
3. Lizing muddati aktivning foydali ishlatish muddatining ko’proq qismini tashkil etadi (masalan 75% yoki ko’proq).
4. Lizing boshida joriy minimal lizing to’lovlari lizingga olingan mulkning lizingning boshlanish sanasidagi bozor narxidan katta yoki unga teng bo’lsa.
O’zRning me’yoriy hujjatlari (BHMS) xalqaro standartlardan biroz farq qiladi. 6-sonli BHMS “Ijara hisobi”da moliyaviy ijara (lizing)ga shunday tarif bergan: moliyaviy ijara - mulkni (moliyaviy ijara ob’ektini) shartnomaga binoan o’n ikki oydan ortiq muddatga egalik qilish va foydalanish huquqini berishda yuzaga keladigan ijaraviy munosabatlar. Bunda moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:
- moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara ob’ekti ijaraga oluvchining mulki bo’lib o’tishi;
- moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki moliyaviy ijara ob’ektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kamrog’ini tashkil qilishi;
- moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara ob’ektini ushbu huquq sotilish kunidagi bozor qiymatidan ancha past narxda sotib olish huquqiga ega bo’lishi va bunda ijara muddatining boshida ushbu huquqning sotilishiga asoslangan ishonchning mavjud bo’lishi;
- moliyaviy ijara shartnomasi amal qiladigan davr uchun ijara to’lovlarining diskontlangan joriy qiymati, moliyaviy ijara ob’ektini ijaraga berish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan ortiq bo’lishi.
Lizingni lizing beruvchi va lizing oluvchi tomonlaridan bir xil tushunilishini ta’minlash uchun quyidagi ikki mezon mavjud:
• minimal lizing to’lovlarining summasi taxminiy asoslangan bo’lishi kerak;
• lizingga beruvchi o’z zimmasiga olishi shart bo’ulgan qoplanmaydigan xarajatlar (sug’urtalash, saqlab turish, soliqlarni to’lash xarajatlaridan tashqari), o’lchanadigan va taxminlashtiriladigan bo’lishi kerak.
Bu mezonlardan hech biri lizing faktini tan olishni o’zgartirmaydi, balkim faqatgina konservatizm tamoyiliga diqqatni qaratadi. Boshqa tomondan, bu mezonlar lizing ta’rifini ikki omil bilan to’ldirib turadi:
a) egalik qilishdan kelib chiqqan xavf va daromadlarni o’tkazish, va
b) lizing beruvchining sof debitorlik qarzini baholashning haqqoniylik darajasi.
Operatsion (joriy) lizing - bu moliyalashtirilgan lizingdan tashqari har qanday lizing bo’lib, quyidagi shartlarga muvofiq bo’lishi kerak:
• lizing oluvchi hech qanday riskga ega emas, biroq aktivlarga egalik qilish bilan bog’liq bo’lgan hech qanday ustunliklarga ega emas.
• joriy lizing shartlari asosida lizingga olingan aktivlar, lizing beruvchining buxgalteriya balansiga kiritiladi.
Joriy lizing - ushbu lizing turida ko’p marta foydalaniladigan mulklar ularning foydali xizmat muddatidan qisqa davrga foydalanish uchun beriladi. Ushbu lizing turining o’ziga xos xususiyati shartnomaning qisqa muddatliligi (1 yildan kam) va lizing muddatida mulk qiymatining to’liq amortizatsiya qilinmasligidir. Shartnoma muddati tugagach, lizing ob’ekti yangi lizing shartnomasi uchun yana ob’ekt bo’lib xizmat qilishi yoki lizing beruvchiga qaytarilishi mumkin. Joriy lizingda, asosan, qurilish texnikalari (ko’targichlar, ekskavatorlar va boshqalar), transport vositalari, EHM va boshqalar lizing ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Moliyaviy lizingning o’ziga xos xususiyati shartnoma muddatining uzoqli va vositaning barcha qiymati yoki qiymatining ancha katta qismining amortizatsiya qilinishidir.
Ko’chmas mulk lizingida lizing beruvchi lizing oluvchi topshirig’iga ko’ra, uni quradi yoki sotib oladi va lizing oluvchiga tijorat va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun taqdim etadi. Bundan tashqari harakatdagi mulk bilan bog’liq kelishuvlardagi kabi, shartnoma asosan, ob’ektning amortizatsiya davridan kam yoki unga teng davrga tuziladi; shartnomani amal qilish muddati davomida lizing oluvchi tavakalchilik, xarajat va soliqlarga javob beradi.
Lizing ob’ekti munosabatiga nisbatan shartnomaning quyidagi turlari mavjud:
Sof lizing shartnomasi - bunda lizingdagi mulkka xizmat ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha xarajatlarni qoplashni lizing oluvchi o’z zimmasiga oladi.
To’liq lizing shartnomasida lizing beruvchi kelishuv ob’ektiga texnik xizmat ko’rsatish va u bilan bog’liq boshqa xarajatlarni qoplashni o’z zimmasiga oladi.
Qarzdor va qarz beruvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etish xususiyatlari bo’yicha lizingning quyidagi turlari mavjud:

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin