Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Sotish turi bo’yicha lizing hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə105/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   524
Guliston davlat

Sotish turi bo’yicha lizing hisobi. Agar ishlab chiqaruvchi uzoq muddatli lizing shartnomasi bo’yicha mahsulotning jo’natilishini ishlab chiqarishning moliyalashtirish manbasi sifatida aks ettirsa, olingan foyda ikki yo’nalish bo’yicha alohida aks ettirishi shart:
• mahsulot ishlab chiqarish va sotish;
• lizing muddati mobaynida lizing shartnomasi bo’yicha investitsiyalar.
Lizing bitimi haqiqatda ijro etilganda, ya’ni lizing shartnomasi bo’yicha debitorlik qarz hajmi mahsulotning sotish bahosiga teng bo’lsa, ishlab chiqarishdan olingan daromadlarni hisobga olishi mumkin. Ishlab chiqarishdan tushgan daromadlar mos keladigan diskontlash stavkasini ishlatgan holda, minimal lizing to’lovlarining diskontlangan qiymatiga teng bo’lishi kerak. Biroq bu stavka sotish bahosini hisobga olmasdan qo’llanilishi mumkin emas. Agar sotish narxlari mavjud bo’lmasa yoki ularni aniqlash mumkin bo’lmasa, lizing beruvchi sotishdan va foizlardan olingan yalpi foydani aniqlashda sezilarlicha erkin harakat qilishi mumkin bo’ladi.
Aktivni qayta lizingga olish sharti bilan sotish. Bu kelishuv bo’yicha firma o’z aktivlarini boshqa tomonga sotadi va u tomon ularni qaytadan firmaga lizingga beradi. Odatda aktivlar bozor qiymatiga yaqin narxda sotiladi. Firma asbob-uskuna qiymatini naqd pulda va lizing muddati mobaynida aktivlardan iqtisodiy foydalanish huquqini oladi. Buning o’rniga u lizing haqini to’lashga rozilik beradi va aktivlarga egalik qilish huquqini beradi. Mulkni qaytadan lizingga olish sharti bilan sotish bo’yicha bitimlarning buxgalteriya hisobi uslubiyoti lizing tipiga bog’liqdir. Agar aktivlarni qaytadan lizingga olish sharti bilan sotilishi moliyaviy lizing hisoblansa, unda bunday bitim, lizing beruvchi aktivlarni kafolat o’rnida ishlatib lizing oluvchini mablag’ bilan ta’minlashni usuli hisoblanadi. Shu sababli, sotuvdan olingan tushumning balans qiymatidan oshgan qismini olingan foyda deb hisoblash maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday ortiqcha qism, agar tan olingan bo’lsa, muddati uzaytiriladi va lizing muddati mobaynida foydaga olib boriladi.
Agar mulkning qayta lizingga olish sharti bilan sotilishi operatsion lizing hisoblansa, hamda lizing haqlari va sotish narxi haqqoniy qiymat bo’yicha belgilansa, demak oddiy sotish amalga oshirilgan hisoblanadi va har qanday foyda yoki zarar shu zahoti tan olinadi. Agar sotish narxi haqqoniy qiymatdan past bo’lsa, har qanday foyda yoki zarar shu zahoti tan olinadi, bozordan past narxlar bo’yicha ko’rilgan zarar kelgusi lizing to’lovlar bilan qoplanishi bunga kirmaydi. Bu holda uning muddati uzaytiriladi va u ushbu aktiv ishlatiladigan vaqt davri mobaynida qilinadigan lizing to’lovlariga proportsional ravishda foyda yoki zararga olib boriladi. Agar sotish bahosi haqqoniy qiymatdan yuqori bo’lsa, haqqoniy qiymatdan oshgan qismning muddati uzaytiriladi va ushbu aktiv ishlatiladigan muddat mobaynida hisobdan chiqariladi.
Agar bitim vaqtida haqqoniy qiymat balans qiymatdan kamroq bo’lsa, balans qiymati va haqqoniy qiymat o’rtasidagi summaga teng zarar shu zahoti tan olinadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin