Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o’tkazish tartibi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə147/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   524
Guliston davlat

Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o’tkazish tartibi. Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o’tkazish ushbu tartibdagi investitsiyalarga nisbatan bozor shartlarini o’zgarishi yoki tashkilotda bunday investitsiyalarga nisbatan maqsadlarning o’zgarishi sabab bo’lishi mumkin. Investitsiyalar toifalarini o’zgartirish jarayonida quyidagi omillarni hisobga olish lozim bo’ladi:
- toifa o’zgartirilgunga qadar investitsiyalar hisobga olingan qiymat;
- toifa o’zgartirilgandan keyin investitsiyalar hisobga olingan qiymat;
- toifa o’zgartirilgunga qadar investitsiyalarni qayta baholash natijasida yuzaga kelgan farqni hisobga oluvchi hisobvaraqlar;
- toifa o’zgartirilgandan keyin investitsiyalarni qayta baholash natijasida yuzaga keluvchi farqni hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga ko’ra agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob siyosatida sotib olish va bozor bahosidan kami bo’yicha hisobga olib borilishi ko’zda tutilgan bo’lsa, uzoq muddatli investitsiyalarni ularning toifasiga o’tkazish shu baholarning eng kami bo’yicha amalga oshiriladi. Agar uzoq muddatli investitsiyalar toifasi o’zgartirilishidan avval qayta baholangan va qisqa muddatli investitsiyalar korxonada bozor qiymatida yuritilayotgan bo’lsa, uzoq muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli investitsiyalar toifasiga o’tkazishda qayta baholash summasi balans qiymatida hisobdan chiqariladi. Agar qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatidagi o’zgarish daromad sifatida tan olib borilayotgan bo’lsa investitsiyalar toifasini o’zgartirishda hisobga olinmay qolgan qayta baholash summasi daromad tarkibiga kiritiladi. Qisqa muddatli investitsiyalarni uzoq muddatli qo’yilmalar tarkibiga o’tkazish sotib olish va bozor qiymatidan kami bo’yicha, agar qisqa muddatli investitsiyalar toifa almashtirilgunga qadar bozor bahosida hisobga olingan bo’lsa, toifa almashtirish bozor bahosida amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalar chiqimini hisobga olish tartibi. Korxona investitsiyalarni chiqib ketishidan foyda yoki zarar olishi mumkin. Ushbu xo’jalik muomalalarini tushuntirish uchun 4–misol ma’lumotlaridan foydalanib ikkita holatni ko’rib chikamiz.
Korxona avval sotib olgan “A” turdagi aktsiyalarning 400 tasini 6000 so’mdan sotishga erishdi. Bu xo’jalik muomalasi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda o’z aksini topadi.
a) sotish bahosi bilan balans qiymati o’rtasidagi farqqa
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” 2 400 000 so’m
K 0610 “Qimmatli qog’ozlar” 2 000 000 so’m
K 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” – Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan daromad 400 000 so’m
b) qo’shilgan kapital tarkibidagi qayta baholash summasini sotilgan aktsiyalarga tegishli qismini (560 000 : 700 ta aktsiya = 800 so’m x 400 ta aktsiya = 320 000 so’m) hisobdan chiqarish muomalasiga:
D 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”–“A” turdagi aktsiyalar 320 000 so’m
K 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” – Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan daromad 320 000 so’m
Korxona bir qancha vaqt o’tganidan keyin “C” turdagi aktsiyalar kursini keskin tarzda tushib ketayotganligidan xavotir olib, barcha aktsiyalarini birinchi xaridorga har bir aktsiyani 1450 so’mdan sotishga qaror qildi. Bu xo’jalik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” 1 305 000 so’m
D 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”–“C” turdagi 225 000 so’m
D 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar” 45 000 so’m
K 0610 “Qimmatli qog’ozlar” 1 575 000 so’m



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin