Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Tovar-moddiy zahiralarni tan olish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə156/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   524
Guliston davlat

Tovar-moddiy zahiralarni tan olish. Tovar-moddiy zahiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
a) tashkilotga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo’lsa;
b) aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo’lsa;
c) ularga bo’lgan mulk huquqi o’tsa.
Tovar-moddiy zahiralarga bo’lgan mulk huquqi, ular bilan bog’liq xatarlar va mukofotlarning o’tish payti uning shartlari kelishiladigan etkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi asosida belgilanadi.
Ular bo’yicha mulk huquqi tashkilotga tegishli bo’lmagan, biroq shartnoma shartlariga muvofiq uning ixtiyorida bo’lgan tovar-moddiy zahiralar balansdan tashqari hisobvaraqlarda shartnomada nazarda tutilgan baho bo’yicha aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zahiralar quyidagilar natijasida tashkilotning buxgalteriya balansiga kiritilishi lozim:
a) etkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo’yicha xarid qilish;
b) muassislardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;
c) muassislar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o’rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
d) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha);
e) ayirboshlash;
f) uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazish;
g) ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zahiralarni aniqlash;
h) ilgari berilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini olish;
i) tashkilotning o’zida tayyorlanishi;
j) hisobot davri oxirida tugallanmagan va tugallanmagan ishlab chiqarish tarzida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish;
k) tovar-moddiy zahiralarga bo’lgan mulk huquqi olinishiga olib keladigan boshqa operatsiyalar va hodisalar.
Tovar-moddiy zahiralar quyidagi ikki qiymat: hisobot davri oxiridagi tannarxidan (xarid qiymati yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki sotishning sof qiymatidan eng kam qiymat bo’yicha baholanadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin