1) Ish vaqtidan tashqari ishlash. Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo’llanishi mumkin. Ish smenasining muddati o’n ikki soatdan iborat bo’lganda, shuningdek mehnat sharoiti o’ta og’ir va o’ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo’l qo’yilmaydi.
Ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun kompensatsiya va haq to’lanadi.
Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to’rt soatdan (mehnat sharoiti og’ir va zararli ishlarda - bir kunda ikki soatdan) va yiliga 120 soatdan ortiq bo’lmasligi lozim (O’zR MK 125 moddasi).
Ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini o’z vaqtida aniq hisobga olib borishi shart.
Ish vaqtidan tashqari ish uchun qo’shimcha haq, ishchilarning ish vaqtidan tashqari ishlaganlar ro’yxati belgilangan tartibda rasmiylashirilgan holda, to’lanadi. Bu ro’yxatga ham ishchilar-ishbaychilar va ham ishchilar-vaqtbaychilar kiritiladi. Me’yorlashtirilmagan ish kuni bo’lgan xodimlarga odatda ish vaqtidan tashqari vaqtga qo’shimcha haq to’lanmaydi. Ish vaqtidan tashqari soatlar uchun boshqa dam olish kuni (otgul) bilan kompensatsiya qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Homilador ayollar, uch yoshga to’lmagan bolali ayollar, 18 yoshga to’lmagan ishchilar va boshqa toifadagi ishchilar qonun hujjatlariga muvofiq ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etilmasligi mumkin.
2) dam olish va bayram kunlari ishlash.
Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to’lanadi. To’lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi (157-modda).
Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to’lanadi.
Dam olish kunlari va bayram kunlari mehnatga haq to’lash miqdori tashkilot tomonidan mustaqil belgilanadi va jamoa shartnomasiga, mehnat haqi to’lash Nizomida ko’rsatiladi, yoki mehnat shartnomasini tuzishda taraflar tomonidan aniqlanadi, ammo qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan past bo’lishi mumkin emas.