Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə182/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   524
Guliston davlat

3) Tunda ishlash. Mehnat kodeksida xodimning tungi vaqtda ishlash uchun mehnat haqini yuqori olish huquqi nazarda tutilgan. Soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bo’lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi. Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to’g’ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Ishlab chiqarish sharoitlariga ko’ra zarur bo’lgan hollarda, xususan ishlab chiqarish uzluksiz bo’lgan joylarda, shuningdek bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi sharoitida smena bo’lib ishlanayotgan joylarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi.
Homilador ayollar, uch yoshga to’lmagan bolali ayollar, 18 yoshga to’lmagan ishchilar va boshqa toifadagi ishchilar qonun hujjatlariga muvofiq tungi vaqtdagi ishlarga jalb etilmasligi kerak. Imkoniyati cheklangan shaxslar (nogironlar) tungi ishlar bilan faqat ularning roziligi bilan jalb qilinishi mumkin va bunday ishlar bilan shug’ullanishga tibbiy ko’rsatmalar monelik qilmasligi shart.
Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda to’langan haq tarif stavkalariga (mansab maoshlariga) qo’shilmaydi.
To’lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq to’lash nazarda tutilishi mumkin. Bevosita tungi smenadan oldingisi kechki smena deb hisoblanadi.
4) Yaroqsiz mahsulotlar ishlab chiqargan taqdirda to’lov.
Yaroqsiz deb shunday mahsulotga aytiladiki, ular standart, texnik sharoit talablariga javob bermaydigan va undan maqsadga muvofiq foydalanish mumkin bo’lmagan mahsulotlar hisoblanadi.
Yaroqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish bevosita zararga hisoblanadi, chunki u xom ashyoni va materiallarni ortiqcha xarajatiga, hosildorlikni pasayishiga, tannarxni oshishiga olib keladi.
Xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda uning o’rtacha ish haqi saqlanadi.
Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay baholar bo’yicha haq to’lanadi, bunday baholar jamoa shartnomasida belgilab qo’yiladi, agar u tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Xodimning aybi bilan tayyorlangan to’liq yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lanmaydi (O’zR MK 159-moddasi).

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin