Qiymat ko’rsatkichlari asosida jami xarajatlarni taqsimlash usullari. Umumiy xarajatlarning mahsulot qiymatiga sotish narxlarida mutanosib ravishda taqsimlanish usuli. Bu usulda umumiy xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot turlari orasida mahsulot qiymatining sotish narxlari bo’yicha mutanosib ravishda taqsimlanadi (8.4-jadval).
Jadval a’lumotlari bo’yicha umumiy xarajatlar (60 000 000 so’m) ”A”, “B” va “C” mahsulotlari o’rtasida sotish bahosidagi qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlangan (50 000 ming so’m, 30 000 ming so’m va 20 000 ming so’m). Ushbu turdagi mahsulotlar bo’yicha foyda mos ravishda 20 000 ming so’m (50 000 000– 30 000 000), 12 000 ming so’m (30 000 000 – 18 000 000) va 8 000 ming so’m (20 000 000 – 12 000 000) bo’ladi, va rentabellik sotish bahosidagi qiymatiga nisbatan — 40 % (20 000 ming so’m : 50 000 ming so’m x 100 %; 12 000 ming so’m : 30 000 ming so’m x 100 %; 8 000 ming so’m : 20 000 ming so’m x 100 %).
8.4-jadval
Umumiy xarajatlarni mahsulot qiymati bo’yicha
mutanosib ravishda taqsimlash