Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9400)



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə228/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   524
Guliston davlat

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9400). Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmagan sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar, shuningdek kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9410 “Sotish xarajatlari”;
9420 “Ma’muriy xarajatlar”;
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”.
“Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
9410 “Sotish xarajatlari” hisobvarag’ida mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlar, ya’ni, mahsulotni iste’molchiga etkazib berish bilan bog’liq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlar va bo’limlarning xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish xarajatlari” hisobvarag’i 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i bilan bog’langan holda yopiladi.
9420 “Ma’muriy xarajatlar” hisobvarag’ida korxonani boshqarish bo’yicha xarajatlar, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari, umumboshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari, umumxo’jalik ahamiyatidagi binolarning ijara to’lovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida 9420 “Ma’muriy xarajatlar” hisobvarag’i 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i bilan bog’langan holda yopiladi.
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag’ida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun to’lov xarajatlari, ish haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va rag’batlantirish ahamiyatiga molik to’lovlar, bank va depozitariy xizmatlarining to’lovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa opertsion faoliyat jaryonida vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda xarajatlar moddalarining belgilari bo’lmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9430 “Boshqa opertsion xarajatlar” hisobvarag’i 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i bilan bog’langan holda yopiladi.
Quyida davr xarajatlari harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Mahsulotlarni jo’natish bo’yicha transport xarajatlari:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
2) Chetdan reklama va marketing xizmatlari xarajatlari hisobga olindi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
3) Savdo jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalarning eskirishi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
4) Savdo jarayonida ishlatilayotgan nomoddiy aktivlarning eskirishi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
5) Boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
6) Boshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarning eskirishi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
7) Boshqaruv binosining ijara to’lovini hisoblash:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6910 “To’lanadigan operativ ijara”.
8) Boshqaruv ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
9) Transport korxonalarining xizmati hisobga olindi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
10) Xizmat safarlari va vakillik xarajatlarini hisobga olish:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar”.
11) Yuridik shaxsning yuqori tashkiloti va birlashmalarini saqlashga ajratmalar:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
12) Bank va auditorlik xizmatlari uchun to’lovlarni hisobga olinishi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
13) Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan zararlar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” yoki
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
14) Aybdor shaxsni aniqlash imkoni bo’lmagan holdagi kamomadlar va yo’qotishlarni zararga o’tkazish:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”.
15) Shubhali qarzlar bo’yicha zahira hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4910 “Dargumon qarzlar bo’yicha rezerv”.
16) Soliq idoralari qaroriga ko’ra jarima hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”.
17) Korxona balansida bo’lgan oliy o’quv yurtlarini saqlash uchun ajratmalar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
18) Korxona xodimlari uchun dam olish uylari va sanatoriylarga yo’llanmalar to’landi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari” yoki
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
19) Bekor qilingan buyurtmalar bo’yicha xarajatlar hisobdan chiqarildi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
20) O’tgan yillar muomalalaridan ko’rilgan zararlar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” yoki boshqa olinadigan hisobvaraqlar.
21) Xo’jalik shartnomalarini buzganlik uchun jarimalar hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar”.
22) Mahalliy transportdan foydalanish uchun yo’l hujjatlari to’landi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari” yoki
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
23) TMZning sotilishi bo’yicha bahoning kamayish natijalari hisobdan chiqarildi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”.
24) Quyidagi ishlarda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi:
a) yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan ishga tushirish ishlarida;
b) seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga mo’ljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni o’zlashtirishga xizmat ko’rsatishda:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
25) Hisobot davri oxirida davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9410 “Sotish xarajatlari” yoki
K 9420 “Ma’muriy xarajatlar” yoki
K 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”.
Hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” hisobvarag’i bilan yopiladi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin