Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə227/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   524
Guliston davlat

Boshqa operatsion xarajatlariga quyidagilar kiradi:
- kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno;
- loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek, ob’ekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog’idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o’xshash boshqa xarajatlar etkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko’rish uchun javobgar bo’lgan etkazib beruvchi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobiga undirilishi mumkin bo’lmagan darajada amalga oshiriladi;
- maslahat va axborot xizmatlariga haq to’lash;
- auditorlik xizmatlariga haq to’lash;
- o’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarni saqlashdan ko’rilgan zararlar;
- salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog’liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo’jaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari;
- kompensatsiya va rag’batlantirish tusidagi to’lovlar:
* O’zR Hukumatining qarorlariga ko’ra kompensatsiya to’lovlari;
* bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish yakunlari bo’yicha rag’batlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun rag’batlantirish va to’lovlar, shu jumladan xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z qaroriga ko’ra natura bilan to’lovlar, shuningdek yagona ijtimoiy to’lov summasi, ular bo’yicha hisoblangan haq;
* qonun hujjatlariga yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zining qaroriga muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq to’lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to’lash;
* vaqtincha mehnat layoqatini yo’qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo’shimcha haq;
* asosiy ish joyi bo’yicha ishchilarga, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishchi va mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o’qigan vaqtda ish haqi to’lash;
* qonun hujjatlariga muvofiq 12 yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor bo’lgan ayollarga berilgan qo’shimcha ta’tilga haq to’lash;
* xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish;
* xodimlarning (ovqatlanishi, yo’l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sayohatlarga yo’llanmalari, sport sektsiyalarida, to’garaklarda, klublardagi mashg’ulotlari, madaniy-ko’ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va iste’moli hamda boshqa shunga o’xshash to’lovlari) xarajatlarini qoplash.
- ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar:
* qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha har oylik nafaqani to’lash bo’yicha xarajatlar;
* pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga biryo’la to’lanadigan nafaqalar;
* amaldagi qonunchilikka muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan bo’shab qoladigan xodimlarga to’lovlar;
* xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam.
- sog’liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog’lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek, uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga (shu jumladan, barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o’tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo’shgan holda) xarajatlar;
- vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
- bankning, Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq to’lash;
- ekologiya, sog’lomlashtirish va boshqa xayriya jamg’armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar;
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga kiritiladigan byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig’imlar, davlat maqsadli jamg’armalariga ajratmalar, shuningdek Hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to’lash;
- zararlar, jarimalar, penyalar:
* bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha yo’qotishlar;
* moddiy boyliklarning, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan yo’qotishlari hamda kamomadlar;
* ishlab chiqarish zahiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli yoki sotishning sof qiymati bo’yicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar;
* idishlarga doir ishlar bo’yicha zararlar;
* sud xarajatlari;
* to’lanishi shubhali qarzlar bo’yicha zahiraga ajratmalar;
* qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o’tgan va undirish noreal bo’lgan boshqa qarzlar bo’yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar, shuningdek, qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha to’lanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar;
* hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillar operatsiyalari bo’yicha ko’rilgan zararlar;
* tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud bo’lishi va buzilishi, ishlab chiqarishning to’xtashi va boshqalar tufayli yo’qotishlar) tufayli ko’rilgan qoplanmaydigan yo’qotishlar va zararlar, shu jumladan, tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq xarajatlar;
* aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo’lmagan hollarda ko’rilgan zararlar;
* xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko’rilgan zararlar;
* xo’jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan, mahsulotni etkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan to’lovlar va boshqa xil sanktsiyalar, shuningdek, etkazilgan zararlarni to’lash bo’yicha xarajatlar;
* soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar;
* to’langan boshqa jarimalar.
- xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo’jaliklar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo’yicha narx tafovutlari;
- gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan mol-mulk bo’yicha, belgilangan tartibda;
- yangi texnologiyalar yaratish va qo’llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan yo’ldosh mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari;
- ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo’yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, ko’rgazmalar va ko’riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo’yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to’lash xarajatlari va boshqa xarajatlar;
- ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
- boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug’ish nafaqalari to’lash bilan bog’liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq;
- yangi ishlab chiqarishlarni, tsexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni o’zlashtirish xarajatlari;
- ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab ko’rish hamda foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning barcha turlarini ularni montaj qilish sifatini tekshirib ko’rish maqsadida kompleks (mahsulot chiqarmasdan) ishlatib ko’rish;
- yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi kuchlarini jalb qilish va kadrlar tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar;
- foydalanishdagi to’liq eskirgan uskuna uchun to’lov (2019 yildan boshlab bu to’lov bekor qilindi);
- ishlab chiqarish jarayonini to’xtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarni saqlash hamda ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- yuqorida ko’rsatilmagan boshqa xarajatlar.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin