Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Tayyor mahsulotlarni sotish hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə247/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   524
Guliston davlat

9.6. Tayyor mahsulotlarni sotish hisobi

Tayyor mahsulotlarni sotish korxonaning odatiy faoliyatiga tegishlidir.


Buxgalteriya hisobi maqsadlarida tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad xo’jalik faoliyati faktlarining vaqt bilan belgilanadigan aniqligiga (jo’natish yoki hisoblash usuli bilan) asoslangan holda aniqlanadi.
Tayyor mahsulotlar xaridorlarga yuborilgandan keyin va to’lov uchun yuk hujjatlarini taqdim etgan kundan boshlab sotilgan hisoblanadi. Mahsulotlar sotilgandan so’ng mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni mulkga egalik huquqi mol etkazib beruvchidan xaridorga va shu kundan boshlab korxonada davlat oldid soliq va yig’imlarni to’lash bo’yicha majburiyatlar paydo bo’ladi.
Korxonalar tayyor mahsulotlarni sotish paytida sotish narxiga QQS summasi ham kiritiladi va hisobvaraq-fakturada alohida grafada ko’rsatiladi.
Tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytishi, sotish va baholardan chegirmalar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”;
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”;
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”;
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”;
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar", 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” hisobvaraqlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish)dan daromadlar olinadigan hisobvaraqlar va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli bo’lgan daromad summalari 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar" hisobvaraqlarida sotishdan tushgan sof tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” hisobvaraqlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i bilan yopiladi.
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” hisobvarag’i sotilgan mahsulot va tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bu hisobvaraq asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) guruhiga kontrpassiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” hisobvarag’ining debetida qaytarilgan tovarlar qiymati, tegishli: pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan - xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan qaytarilgan tovarlarning qiymati; olinadigan hisobvaraqlar bilan - qaytarilgan tovarlar bo’yicha bekor qilingan debitorlik qarzlari summasi; to’lanadigan hisobvaraqlar bilan - mazkur tovarlar uchun xaridorlar va buyurtmachilardan olingan to’lovlar va bo’naklar bo’yicha vujudga kelgan qarz summasi aks ettiriladi. Bunda ilgari hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i bo’yicha byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning debeti va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi. Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi TMZlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning debetida va sotilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxini hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvarag’i shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va hokazolar natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Ushbu hisobvaraq asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) guruhiga kontrpassiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat ko’rsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvarag’ining debetida sotuv va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) bo’yicha analitik hisob sotilgan mahsulotlar (tovarlar), bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo’yicha alohida yuritiladi. Bundan tashqari, analitik hisobni sotuvning geografik segmentlari (hududlar) va korxonani boshqarish uchun zarur bo’lgan boshqa segmentlar bo’yicha yuritish mumkin.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin