Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


-vositachilik shartnomasi bo’yicha ijro etilgan hamma narsani vositachidan qabul qilishi; -



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə249/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   524
Guliston davlat

-vositachilik shartnomasi bo’yicha ijro etilgan hamma narsani vositachidan qabul qilishi;
-o’zi uchun vositachi tomonidan sotib olingan mol-mulkni ko’zdan kechirishi va ushbu mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar to’g’risida darhol vositachini xabardor qilishi;
-vositachini vositachilik topshirig’ini bajarish yuzasidan uchinchi shaxs oldida o’z zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishi shart.
Komitent vositachilik haqini, tegishli hollarda esa delkredere uchun qo’shimcha haqni ham to’lashdan tashqari, vositachilik topshirig’ini bajarish yuzasidan vositachi sarflagan summalarni ham unga to’lashi shart.
Komitent vositachiga bergan topshirig’ini istagan vaqtida bekor qilib, vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Bunda vositachining topshiriq bekor qilinishi munosabati bilan ko’rgan zarari umumiy asoslarda qoplanadi.
Vositachilik shartnomasi amal qilish muddati ko’rsatilmagan holda tuzilgan taqdirda komitent shartnomani bekor qilishi haqida, agar shartnomada xabar qilishning uzoqroq muddati nazarda tutilgan bo’lmasa, kamida o’ttiz kun oldin vositachini xabardor qilishi shart. Bunday holda komitent vositachiga u shartnoma bekor qilinguncha tuzgan bitimlar uchun haq to’lashi, shuningdek vositachi shartnoma bekor bo’lgunicha qilgan xarajatlarni to’lashi shart.
Topshiriq bekor qilingan taqdirda komitent vositachi ixtiyoridagi o’z mol-mulkini vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, bordiyu bunday muddat belgilanmagan bo’lsa, darhol tasarruf etishi shart. Agar komitent bu majburiyatni bajarmasa, vositachi mol-mulkni komitent hisobidan saqlab qo’yishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali bahoda sotishga haqli.
Komitentda komissiya shartnomasi bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olishni ko’rib chiqamiz. Jo’natilgan mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi va mahsulotlarni jo’natish bilan bog’liq xarajatlardan tarkib topgan qiymat bilan 2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar” hisobvarag’ida hisobga olinadi.
Komissiya shartnomasi bo’yicha bergan mahsuloti uchun komitent, komissionerdan mahsulotni xaridorga sotish bo’yicha xabarnoma kelib tushmaguncha, hisobvaraq-faktura yozmaydi.
Komissioner, mahsulot realizatsiyasining hisobot davri tugagan paytdan e’tiboran uch kun ichida, unga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotish sanasi to’g’risida komitentga xabar berishi shart.
Shu bilan birga, komissioner komitentga amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha barcha birlamchi hujjatlarni taqdim etishi shart. Shu ma’lumotlarga ko’ra, mahsulotning xaridoridan olingan daromad miqdori belgilanadi.
Komissiya shartnomasi bo’yicha mahsulot sotgan komitent sotish daftarida komissionerga berilgan hisobvaraq-fakturani ro’yxatga oladi, unda komissioner tomonidan xaridorga berilgan hisobvaraq-fakturaning ko’rsatkichlari aks ettiriladi.
Komissiya shartnomasi bo’yicha mahsulot sotish bo’yicha namunaviy xo’jalik operatsiyalarini tashkilot-komitent hisobida ko’rib chiqamiz:
1) Komissiya shartnomasi bo’yicha komissionerga sotish uchun jo’natilgan mahsulot:
D 2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar”
K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
2) Komissionerga mukofot hisob qilindi (QQS siz):
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
3) Komission mukofotdan QQS hisoblandi:
D 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (turlari bo’yicha)”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
4) Komissionerdan sotish xabarnomasi kelgandan so’ng sotishdan tushum (daromad) aks ettirildi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”.
5) Komissiya shartnomasi bilan berilgan mahsulotni haqiqiy tannarxi hisobdan chiqarildi:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
K 2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar”.
6) Sotilgan tayyor mahsulot tushumidan QQS summasi hisoblandi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”.
7) Hisobot davri oxirida hisobvaraq 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yopiladi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
8) Hisobot davri oxirida hisobvaraq 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” yopiladi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”.
9) Hisobot davri oxirida moliyaviy natija (foyda) aniqlandi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”.
10) Hisobot davri oxirida moliyaviy natija (zarar) aniqlandi:
D 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
11) Komissionerdan jo’natilgan mahsulot uchun sotish tushumi qabul qilindi (QQS bilan birga):
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
12) Komisioner xizmati uchun pul o’tkazildi (QQS bilan birga):
D 6990 “Boshqa mujburiyatlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
13) Komission mukofotidan hisoblangan QQS summasi hisobga olindi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”
K 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (turlari bo’yicha)”.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin