Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Aktsiyalarning turlari, ularga qisqacha tavsif



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə256/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   524
Guliston davlat

10.3. Aktsiyalarning turlari, ularga qisqacha tavsif
va ularni hisobga olish

Aktsiyadorlik jamiyati va javobgarligi cheklangan jamiyat – bu shunday yuridik shaxski, boshqa yuridik shaxslar va fuqarolar bilan kelishgan holda tuzilgan bo’lib, ularni mulkini umumlashtirib, mazkur mulk chegarasida majburiyat uchun har biri mas’uliyat his etadilar.


Aktsiyadorlik jamiyati ustav fondi aktsiyadorlar tomonidan sotib olinadigan aktsiyalarga bo’lingan bo’ladi. Javobgarligi cheklangan jamiyat ustav kapitali uning a’zolari tomonidan sotib olinadigan bir necha ulushlarga bo’linadi. Aktsiyadorlik jamiyati inqirozga uchraganda aktsiyadorlar o’ziga tegishli aktsiyalar qiymatida zarar ko’radilar.
Aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqa korxonalardan farqi shuki, ularning mol-mulki yuqorida ta’kidlangandek, aktsiyadorlar mol-mulki hisobida tashkil topadi. Jamiyat, hech qanday yuqori tashkilot ko’rsatmasisiz mustaqil, erkin faoliyat olib boradi. Jamiyat a’zolari, ya’ni aktsiyadorlar aktsiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtiroq etadilar.
Aktsiyadorlik jamiyatining boshqa turdagi korxonalardan yana bir farqi shundan iboratki, jamiyat daromadi turli to’lovlardan so’ng, jamiyat a’zolariga ularning jamiyatga qo’shgan mol-mulk ulushiga mos ravishda divident ko’rinishda taqsimlab beriladi.
Demak, yuqorida aytilganlaridan xulosa chiqarib aytish mumkinki, aktsiyadorlik jamiyati o’zining faoliyatini davom ettira olishi uchun u faqat daromad olib ishlashi lozim. Shundagina jamiyat a’zolari uning faoliyatidan moddiy manfaatdor bo’ladilar.
Jamiyat a’zolari, uning daromadidan faqat dividentgina olib qolmay, jamiyat ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini boshqarishda, boshqaruv texnologiyasini takomillashtirishda faol ishtirok etmoqlari lozim.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali miqdorining keyingi o’zgarishi va 8300 hisobvaraqqa yozuv, ta’sis hujjatiga ma’lumotnomalariga o’zgartirish kiritilganda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Masalan, ustav kapitali miqdorining o’zgarishi yil oxirida jamiyat a’zolari yig’ilishida yoki mulkdorlar yig’ilishida korxona yillik xo’jalik faoliyati natijalarini ko’rib chiqish natijasida yuz berishi mumkin.
Ustav kapitalining miqdori oshishi mumkin, qachonki, yig’ilish ishtirokchilari taqsimlanmagan foyda, maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlarning ishlatilmay qolgan mablag’i yoki muomalaga aktsiyalar chiqarish va boshqalar hisobiga ustav kapitali miqdorini o’zgartirish haqida qaror chiqarishsa.
Ta’sis hujjati va davlat ro’yxati reestriga o’zgartirish kiritilgandan so’ng, 8300 “Ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag’lariga yozuv qilinadi.
Aktsiya qimmatli qog’ozning bir turi hisoblanadi. Umuman qimmatli qog’ozlarga aktsiyalar, obligatsiyalar, omonat kassa sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi.
Aktsiya qimmatli qog’ozning bir turi bo’lib, u aktsiyadorlik jamiyatlari, korxona, tashkilotlar, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqariladi. Aktsiya o’z egasiga jamiyat oladigan foydasining bir qismini dividend ko’rinishida olish huquqini beradi.
Dividend jamiyat sof foydasining aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan qismidir. Jamiyat aktsiyalarning har bir turi bo’yicha e’lon qilingan dividendlarni to’lashi shart.
Dividend aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra pul mablag’lari yoki boshqa qonuniy to’lov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qog’ozlari bilan to’lanishi mumkin. Jamiyatning imtiyozli aktsiyalari bo’yicha dividendlarni qimmatli qog’ozlar bilan to’lashga yo’l qo’yilmaydi.
Dividend aktsiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aktsiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Aktsiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog’ozlar bo’lib, ular turiga ko’ra oddiy va imtiyozli bo’lishi mumkin.
Aktsiya bo’linmasdir. Agar aktsiya umumiy mulk huquqi asosida bir nechta shaxsga tegishli bo’lsa, bu shaxslarning barchasi bir aktsiyador deb e’tirof etiladi va aktsiya bilan tasdiqlangan huquqlardan o’zlarining umumiy vakili orqali foydalanadi.
Bir turdagi aktsiya unga egalik qiluvchi har bir aktsiyadorga shu turdagi aktsiyalarning boshqa egalari bilan bir xil bo’lgan hajmdagi huquqlarni beradi.
Oddiy aktsiyalarni imtiyozli aktsiyalarga, korporativ obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog’ozlarga ayirboshlashga yo’l qo’yilmaydi.
Aktsiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo’lsa, o’sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aktsiyaning egasi – aktsiyador deb e’tirof etiladi.
Oddiy aktsiyalar ovoz beruvchi aktsiyalar bo’lib, ular o’z egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
O’z egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aktsiyalarga qo’yilgan mablag’larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aktsiyalar imtiyozli aktsiyalardir. Imtiyozli aktsiyalar o’z egalariga jamiyat foyda ko’rish-ko’rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Aktsiyaning egasi bo’lgan aktsiyadorga ovozga qo’yilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy yoki imtiyozli aktsiya jamiyatning ovoz beruvchi aktsiyasidir.
Chiqariladigan aktsiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular bo’yicha dividendlar to’lash tartibi jamiyat ustavida belgilanadi.
“Oltin aktsiya” davlatning ayrim jamiyatlarni boshqarishda ishtirok etishiga doir maxsus huquqi bo’lib, u strategik ahamiyatga ega bo’lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki jamiyatlarning davlat aktsiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda O’zR VMning qaroriga asosan joriy etiladi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
“Oltin aktsiya” qiymatga ega bo’lmaydi, boshqa shaxsga o’tkazilmaydi hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
“Oltin aktsiya” jamiyatning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bo’lmagan yoki bu ulush jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma besh foizdan oshmaydigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. Davlatning “oltin aktsiya”dan foydalanish tartibi O’zR VM tomonidan belgilanadi.
“Oltin aktsiya” jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ko’rsatilgan masalalarga oid qarorlarga veto qo’yish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qo’yish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
Aktsiyalarning nominal qiymati besh ming (5000) so’mdan ortiq bo’lishi mumkin emas (“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risda”gi qonun 23-modda).
Aktsiyalar bozor narxida sotiladi. Qimmatli qog’ozning bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narx tushunilib, unga ko’ra mazkur qimmatli qog’oz ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo’lgan holda o’z manfaatlari yo’lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo’shilish majburiyati aks etmaydi.
Agar qimmatli qog’ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag’iga kiritilgan bo’lsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qog’ozlarning bozor qiymati deb e’tirof etiladi.
Jamiyatning ustavida aktsiyadorlar olgan aktsiyalarning (joylashtirilgan aktsiyalarning) soni va nominal qiymati belgilanishi kerak. Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aktsiyalarga qo’shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo’lgan e’lon qilingan aktsiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.
Jamiyat ustaviga jamiyatning e’lon qilingan aktsiyalari haqida o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qaror aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog’ozlar jamiyat tomonidan joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan aktsiyalarning soni ushbu qimmatli qog’ozlarning muomalada bo’lishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bo’lmasligi lozim.
Jamiyat o’zi joylashtirgan qimmatli qog’ozlar ayirboshlanishi mumkin bo’lgan aktsiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qog’ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
Aktsiyadorlar quyidagi huquqlarga:
- tegishli jamiyat aktsiyadorlarining reestriga kiritilish;
- depo hisobvarag’idan o’ziga taalluqli ko’chirma olish;
- jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
- jamiyat tugatilgan taqdirda o’zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
- aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;
- jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida to’liq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;
- olgan dividendini erkin tasarruf etish;
- qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o’z huquqlarini himoya qilish;
- o’ziga etkazilgan zararning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
- o’z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;
- qimmatli qog’ozlarni olishda zarar ko’rish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bog’liq tavakkalchiliklarni sug’urta qilish huquqiga ega.
Aktsiyadorlar qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Aktsiyador tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa aktsiyadorlarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi lozim.
Aktsiyalarni boshqa shaxsga berishga doir cheklov belgilanishi aktsiyadorni – mazkur aktsiyalar egasini belgilangan tartibda jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular bo’yicha dividendlar olish huquqidan mahrum qilmaydi.
Oddiy aktsiyalarning egalari bo’lgan aktsiyadorlar Aktsionerlik jamiyatlari to’g’risidagi qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida mazkur yig’ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo’yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, o’zlariga tegishli ulushga muvofiq jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga ega.
Imtiyozli aktsiyalarning egalari bo’lgan aktsiyadorlar aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqiga ega emas.
Jamiyatning imtiyozli aktsiyalari ularning egalari bo’lgan aktsiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va oddiy aktsiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega bo’ladi.
Jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aktsiyalar bo’yicha to’lanadigan dividendning miqdori va (yoki) qiymat (tugatilish qiymati) jamiyat ustavida belgilab qo’yilishi lozim. Imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati qat’iy pul summasida yoki imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividend miqdori va tugatilish qiymatini belgilash tartibi jamiyat ustavida ko’rsatilgan bo’lsa ham imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati belgilangan deb hisoblanadi.
Jamiyat ustavida imtiyozli aktsiyalar bo’yicha to’lanmagan yoki to’liq to’lanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamg’arib borilishi va keyinchalik to’lanishi belgilab qo’yilishi mumkin.
Jamiyat ustavida imtiyozli aktsiyalarning oddiy aktsiyalarga ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin.
Imtiyozli aktsiyalarning egalari bo’lgan aktsiyadorlar aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish to’g’risidagi masalalar hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadi. Imtiyozli aktsiyalarning egalari bo’lgan aktsiyadorlar aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida jamiyat ustaviga imtiyozli aktsiyalarning egalari bo’lgan aktsiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi masalalar, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aktsiyalar bo’yicha to’lanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki ko’paytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki ko’paytirish masalalari, shuningdek imtiyozli aktsiyalarning egalari bo’lgan aktsiyadorlarga dividend va (yoki) bu aktsiyalarning tugatilish qiymatini to’lash navbati bo’yicha imtiyozlar berish hollari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladi.
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aktsiyalarni oddiy aktsiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan bo’lsa, jamiyat ustavi imtiyozli aktsiyalar bo’yicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aktsiyaning egasi o’ziga tegishli imtiyozli aktsiya ayirboshlanishi mumkin bo’lgan oddiy aktsiyalar bo’yicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega bo’ladi.
Jamiyatning aktsiyalarini va boshqa qimmatli qog’ozlarini joylashtirish chog’ida ularga haq to’lash pul va boshqa to’lov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda ifodalanadigan bahoga ega bo’lgan huquqlar (shu jumladan mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish chog’ida uning aktsiyalariga haq to’lash tartibi jamiyatni tashkil etish to’g’risidagi ta’sis shartnomasida (o’zgartish to’g’risidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qo’shimcha aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarga haq to’lash esa, ularni chiqarish to’g’risidagi qarorda belgilab qo’yiladi.
Jamiyatning qo’shimcha aktsiyalariga ushbu aktsiyalarni chiqarish to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq to’lanishi lozim. Jamiyat ustavida aktsiyalar haqini to’lash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatni ta’sis etishda aktsiyalarga to’lanadigan haq sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalanadigan bahosi muassislar o’rtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi.
Agar jamiyatning puldan o’zga vositalar bilan haqi to’lanayotgan aktsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko’pni tashkil etsa, jamiyatning aktsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan chiqarilishi zarur.
Qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida jamiyat aktsiyalari hamda boshqa qimmatli qog’ozlari haqi sifatida to’lanishi mumkin bo’lgan mol-mulk turlariga cheklovlar belgilanishi mumkin.
Jamiyat ustavida boshqa fondlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo’yicha, jamiyat aktivlari va majburiyatlarining umumiy summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijasiga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) oz bo’lib chiqsa, jamiyat o’z ustav fondini (ustav kapitalini) sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishi shart.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki jamiyatni tugatish to’g’risida qaror qabul qilinmagan taqdirda uning aktsiyadorlari, kreditorlari, shuningdek vakolatli davlat organlari jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin