Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə253/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   524
Guliston davlat

Tayyor mahsulot sotish hisobi

3 misol


Korxona hisob siyosati bo’yicha tayyor mahsulotni me’yoriy tannarx bilan hisobga olinadi. 2019 yilning noyabr oyida MChJ “Dilnoza”, umumiy summasi 443 500 000 so’mlik tayyor mahsulotlarni, bevosita ishlab chiqarish xarajatlari me’yoriy tannarx bo’yicha xaridorga jo’natildi. Realizatsiyadan tushum 660 800 000 so’m va QQS summasi – 99 120 000 so’m. Oy davomida ma’muriy xarajatlar 95 160 000 so’m, sotish xarajatlari 35 080 000 so’m, ishlab chiqargan mahsulot bo’yicha sarfa 51 000 000 so’mni tashkil etdi.
Korxonaning buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshirilgan:





Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromad

660 800 000

4010

9010

2

Sotilgan mahsulotga QQS hisoblandi (660 000 000 * 15% / 100%)

99 120 000

4010

6410

3

Sotilgan mahsulotning me’yoriy tannarxi hisobdan chiqarildi

443 500 000

9110

2810

4

Tayyor mahsulotni me’yoriy tannarxi va haqiqiy tannarx o’rtasidagi og’ish hisobdan chiqarildi (storno)

(51 000 000)

9110

2810

5

Ma’muriy xarajatlar hisobda aks ettirildi

95 160 000

9420

0200, 6710, 6520

6

Sotish xarajatlari hisobga olindi

35 080 000

9410

1000, 6710, 6520

7

Sotilgan tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxi hisobvarag’i yopildi (443 500 000 – 51 000 000)

392 500 000

9910

9110

8

Sotilgan tayyor mahsulotlarning daromad hisobvarag’i yopildi

660 800 000

9010

9910

9

Ma’muriy xarajatlar hisobvarag’i yopildi

95 160 000

9910

9420

10

Sotish xarajatlari hisobvarag’i yopildi

35 080 000

9910

9410

11

Tayyor mahsulot sotishdan moliyaviy natija aniqlandi (660 800 000 – 392 500 000 – 95 160 000 – 35 080 000)

138 060 000

9910

8710

4 misol


2019 yil iyun oyida korxona 6 dona mahsulotni jo’natdi, uning mulk huquqi xaridorga to’lov vaqtida o’tadi. Mahsulot birligining haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi 44 513 000 so’mni tashkil etadi, sotish xarajatlari 3 242 800 so’m. Mahsulot birligining shartnomaviy narxi 65 500 000 so’m, QQS summasi 9 825 000 so’m. Hisobot oyida xaridor 4 dona birlik mahsulot pulini to’ladi.
Korxona hisobida bu xo’jalik operatsiyalari quyidagicha yozuvlarda aks ettiriladi:



Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Jo’natilgan mahsulotlar qiymati aks ettirildi (6 x 44 513 000)

267 078 000

2830

2810

2

Mahsulotni jo’natish bilan bog’liq xarajatlar hisobga olindi

3 242 800

9410

6710, 6520, 4220

3

4 dona mahsulot uchun xaridor pulini to’ladi [4 x (65 500 000 + (65 500 000 x 15%))]

301 300 000

5110

4010

4

4 dona mahsulot uchun hisoblangan daromad (4 x 65 500 000)

262 000 000

4010

9010

5

Puli tushgan mahsulot uchun QQS hisoblandi (262 000 000 x 15%)

39 300 000

4010

6410

6

Sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi hisobdan chiqarildi (4 x 44 513 000 so’m.)

178 052 000

9110

2830

7

Sotilgan mahsulotlar bilan bog’liq sotish xarajatlari hisobdan chiqarildi (3 242 800 / 6 x 4)

2 161 870

9910

9410

8

Sotishdan olingan moliyaviy natijani aks ettirildi (262 000 000 – 178 052 000 – 2 161 870)

81 786 130

9910

8710



Nazorat savollari

1. Tayyor mahsulot qaysi bahoda buxgalteriya hisobiga qabul qilinadi?


2. Tayyor mahsulotlar hisobi omborda va operativ hisobda qanday baholarda yuritiladi?
3. Tayyor mahsulotlarning qanday turli hisob narxlari bor.
4. Qanday hollarda 2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar” hisobvarag’idan foydalaniladi?
5. Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadni tan olishning shartlari nimalardan iborat?
6. Buxgalteriya hisobi va foyda solig’i maqsadlari uchun daromadlarni tan olishning qanday usullari mavjud?
7. Tayyor mahsulotni bo’nak to’lovlari bo’yicha soliqqa tortishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
8. Komissiya shartnomasi bo’yicha jo’natilgan mahsulotlarni soliqqa tortishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
9. Tayyor mahsulot qiymatidagi og’ishlar qanday hisoblanadi?
10. Tayyor mahsulot sotilishi munosabati bilan korxona tomonidan qanday soliqlar to’lanadi?
11. Tayyor mahsulotni sotishdan olingan moliyaviy natija qanday hisoblanadi?
12. Tayyor mahsulotlarni sotish xarajatlari qanday hisobga olinadi?


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin