Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə281/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   524
Guliston davlat

Soliq solish ob’ekti. Quyidagilar soliq solish ob’ektidir:
1) realizatsiya qilish joyi O’zR bo’lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma;
2) O’zR hududiga tovarlarni olib kirish.
Faoliyatni O’zRda doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o’z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish;
2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) o’tkazish;
3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining o’zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi;
4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno).
Soliq kodeksining 34 bobida soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari ko’rsatilgan. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq to’lovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq o’zi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishning o’ziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Tovarlarni O’zR hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq to’lovchi tomonidan Soliq kodeksining 34 bobi va bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Soliq bazasini aniqlash chog’ida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum soliq to’lovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi to’lov, shu jumladan qimmatli qog’ozlar bilan haq to’lash sifatida olingan barcha daromadlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Soliq bazasini aniqlash chog’ida soliq to’lovchining chet el valyutasida ifodalangan tushumi (xarajatlari) Soliq kodeksining 242-moddasida belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma amalga oshirilgan sanada O’zR Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Agar sotuvchi va xaridor o’rtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el valyutasida belgilangan summaga teng bo’lgan summadagi milliy valyutada haq to’lash nazarda tutilgan bo’lsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq to’langan sana ularni realizatsiya qilish bo’yicha Soliq kodeksining 242-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aylanma amalga oshirilgan sanaga to’g’ri kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq Soliq kodeksining XII bo’limiga muvofiq boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga olinishi lozim.
Soliq kodeksining 239-moddasiga muvofiq o’z ehtiyojlari uchun soliq solish ob’ekti deb e’tirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar ko’rsatilgan) taqdirda, soliq bazasi soliq to’lovchi tomonidan aniqlanadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin