Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Buxgalteriya balansi (1-son shakl) va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-son shakl) o’rtasidagi bog’liqlik



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə305/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   524
Guliston davlat

Buxgalteriya balansi (1-son shakl) va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-son shakl) o’rtasidagi bog’liqlik. Buxgalteriya balansida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) 450-satrda bir qatorda ko’rsatiladi. Yil oxiridagi va yil boshidagi farq bu yillik sof foyda summasini ko’rsatadi. Bundan korxonani to’liq daromadlari va xarajatlari haqida ma’lumot olib bo’lmaydi. Ushbu ma’lumotlar moliyaviy natijalar to’risidagi hisobotda mavjud. 2-shakl 270-satrida hisobot davrining sof foydasi (zarari) keltirilgan. Bu ko’rsatkichga erishish uchun korxonaning hamma daromadlaridan hamma xarajatlar va soliqlarni ayirish kerak bo’ladi. Pastda keltirilgan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga qarang. Moliyaviy natijalar to’risidagi hisobotning 270-satr ma’lumoti buxgalteriya balansni 450-satrdagi yil oxiridagi va yil boshidagi farqi bilan, ya’ni sof foyda bir-biriga mos keladi.
Buxgalteriya balansi (1-son shakl) va asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot (3-son shakl) o’rtasidagi bog’liqlik. Joyida aytib o’tish kerakki, bu shakl Adliya vazirining 11.10.2012 y. 1209-5-son bilan ro’yxatga olingan moliya vazirining Buyrug’iga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan. Lekin korxonalarda shu shakl bo’yicha hisobot ma’lumotlari mavjud.
Buxgalteriya balansida asosiy vositalar boshlang’ich (qayta tiklash), eskirish summasi va qoldiq (balans) qiymati bo’yicha ma’lumotlar 010, 011 va 012-satrlarda yil boshida va yil oxirida statik tarzda keltirilgan. Korxonalarni asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotida asosiy vositalarni har bir turi va guruhlari bo’yicha yil boshidagi qoldiq, kirim va chiqim, qayta baholash va eskirish summasi, yil oxiridagi qoldiq keltirilgan. Asosiy vositalar to’risidagi hisobot yakyniy ma’lumotlari buxgalteriya balansni 010-012 satrlari bilan mos keladi.
Buxgalteriya balansi (1-son shakl) va pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-son shakl) o’rtasidagi bog’liqlik. Buxgalteriya balansida jami pul mablag’lari (kassada, bankda hisob-kitob hisobvarag’ida, maxsus hisobvaraqlarda va b.) bo’yicha ma’lumotlar 320-satrda yil boshida va yil oxirida statik tarzda keltirilgan. Quyida keltirilgan 4-shaklda pul mablag’larini harakati operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat bo’yicha to’liq pul kirimi va chiqimi ko’rsatilgan. Ushbu shaklni 220-satrida “Jami moliyaviy-xo’jalik faoliyatining sof pul kirimi / chiqimi” summasi buxgalteriya balansini 320-satri yil oxiridagi va yil boshidagi farqi bilan to’g’ri kelishi kerak.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin