Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Moliyaviy va boshqaruv hisobining o’zaro bog’liqligi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə322/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   524
Guliston davlat

Moliyaviy va boshqaruv hisobining o’zaro bog’liqligi. Korxonalarda buxgalteriya hisobini istiqbolli rivojlantirish moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi uning muhim tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqadorlikni o’rganishni taqozo etadi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtasida ko’pgina umumiyliklar mavjud, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizimi axborotidan foydalanadi.
Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o’z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalaniladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtagidagi mavjud tafovutlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat. Bu ma’lumotlar ma’muriyatning o’zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham mo’ljallangan bo’ladi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to’lov qobiliyati, kreditga layoqati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu ma’lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib borilganiga e’tibor beradilar.
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to’g’risidagi ishonchli axborotlar bilan ta’minlashdir.
2. Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi.
Boshqaruv hisobi hisob siyosatida asosan korxona faoliyatini byudjetlashtirish, taxminlash, tannarx hisoblash, transfert bahoni shakllantirish, segmentar hisobot tuzish masalalari o’z ifodasini topadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin