Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə362/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   524
Guliston davlat

13.12-jadval
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, (ming so’m)

Xarajatlar

Summa

Tushumlar

Summa

Sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarni ishlab chiqarish tannarxi

313 248

Aylanma (daromad)

413 361

Davr xarajatlari

38 403







Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar

21 752







Soliqlar

34 527







Sof foyda (xotima yozuvi)

5 431







Jami

413 361,0

Jami

413 361

Yuqoridagi jadvallar ma’lumotlariga asosan korxonaning investtsiyalangan kapitali daromadliligi Dyupon piramidasi yordamida quyidagicha tasvirlanadi (13.12-chizma).


Korxonalarning o’z mablag’larini kelgusida foiz stavkasi ko’rinishida foyda olish maqsadida joriy qiymatida vaqtinchalik investitsiyalash jarayoni diskontlash, uning natijasida hosil bo’lgan ko’rsatkich – diskontlangan qiymat deyiladi.
Xarajatlarni diskontlash koeffitsienti (Dk) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Iq
Dk = -------------
Pmo
bu erda,
Ikinvestitsiyalarning qiymati;
Pmo – yillik pul mablag’lari oqimi.



Investitsiyalangan kapitalning daromadliligi
2,61% q 1,3% x 2,01



Daromad rentabelligi
(5431 : 413361) x 100 = 1,3

Kapital aylanishi
413361 : 206168 = 2,01



Sof daromad (sof foyda)
5431

Yalpi daromad 413361

Yalpi daromad (aylanma)
413361

Kapital
206168

: :


Yalpi daromad 413361

Tannarx 423295

Asosiy vositalar va NMA
166481

Aylanma capital
37622

- +



13.12-chizma. Investitsiyalangan kapital daromadliligini
Dyupon piramidasi yordamida hisoblash

Investitsiyalash jarayonini amalga oshirish uchun uzoq muddat talab qilinishi sababli mablag’larni investitsiyalash vaqtida pul mablag’larini ularning qaytimi bilan taqqoslash zaruriyati tug’iladi. Bu maqsadda pul mablag’larining kelgusi va haqiqiy qiymati tushunchalaridan foydalanish zarur.


Pul mablag’larining kelgusi qiymati joriy davrda investitsiyalangan mablag’larning summasini ifodalaydi, ular belgilangan foiz stavkasini hisobga olgan holda ma’lum vaqt oralig’ida shu summaga aylanadi.
Pul mablag’larining haqiqiy (hozirgi) qiymati foizning ma’lum stavkasini hisobga olgan kelgusi pul mablag’lari summasini bildiradi. Pul mablag’larining haqiqiy qiymatini aniqlash uchun ular qiymatini muayyan vaqtdagi diskontlashtirish jarayonini ham hisobga olish lozim, chunki u pul mablag’larining kelgusi miqdorda ortib borishiga teskari muomalani ifodalaydi. Bunday holda foiz summasi (diskont) pul mablag’larining yakuniy summasi (kelgusi qiymati) dan ayirib tashlanadi.
Mablag’larni investitsiya qilish va investitsiya foydasini shakllantirish bilan bog’liq moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida pul mablag’lari qiymatini oshira borish (kompaunding) hamda diskontlash jarayonlarini oddiy va murakkab foizlar bo’yicha hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Oddiy foizlar qisqa muddatli investitsiyalashda, murakkab foizlar esa uzoq muddatli investitsiyalashda qo’llaniladi.
Oddiy foizlar deganda mablag’larni investitsiyalash jarayonida shartnomaga asosan kelishilgan to’lovning hisobot davri (oy, chorak va h.k.) yakunida qo’yilmaning dastlabki (haqiqiy) qiymatiga asosan hisob qilinishi tushuniladi.
Oddiy foiz summasi qo’llanilganda qo’yilmani ortib borishi (kompaunding) jarayonida quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin