Ko = 800 000 000 – 228 571 429 = 571 428 571 Murakkab foiz deb, hisoblangan oddiy foiz summasi belgilangan har bir davrdan keyin to’lanmaydigan, balki asosiy quyilma summasiga qo’shilib, keyingi to’lov davrida daromad keltiradigan investitsiya qilish natijasida yuzaga keladigan foyda summasiga aytiladi.
Qo’yilma summasini hisoblashda murakkab foizlar bo’yicha uning ortib borishi quyydagi formula orqali topiladi:
Kbs = Ko * (1 + Fn)n bu erda,
Kbs — qo’yilmaning murakkab foizlar bo’yicha ortib borish qiymati.
Ushbu formulaga muvofiq foiz summasi (In) quyidagicha hisoblanadi:
In = Ko + Kbs 3-misol. Quyidagi shartlar asosida investitsiyalashning butun davrida murakkab foiz summasi bilan qo’yilmaning kelgusi qiymatini aniqlash talab qilinadi. Qo’yilmaning dastlabki qiymati 500 000 000 so’m. Murakkab foizli usulda qo’llaniladigan va har chorakda to’lanadigan foiz stavkasi — 10%.
Investitsiyalashning umumiy davri ko’rsatkichlarini yuqoridagi formulaga qo’yib, qo’yilmaning kelgusi qiymatini aniqlaymiz:
Kbs = 500 000 000 (1 + 0,1)1 = 550 000 000 Ushbu holatda foiz summasi 50 000 000 so’m (550 000 000 – 500 000 000)ni tashkil etadi.
Pul mablag’larining haqiqiy qiymatini hisoblashda murakkab foizlar bo’yicha diskontlash jarayonini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Ko Kx = ------------- (1 + Fn)n bu erda,
Kx – murakkab foizlar bo’yicha hisoblangan qo’yilmaning dastlabki summasi.
Shunga binoan diskont summasi (Ds) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Ds = Ko - Kx 4-misol. Quyidagi shartlar asosida bir yil uchun murakkab foizlar bo’yicha diskont summasi va pul mablag’ining haqiqiy qiymatini aniqlash zarur. Pul mablag’ining berilgan qiymati 500 000 000 so’m. Murakkab foizni diskontlash uchun foydalaniladigan stavkasi har chorakda 10%ni tashkil etadi.
Ushbu ko’rsatkichlarni formulaga qo’yib, pul mablag’ining haqiqiy qiymatini aniqlaymiz: