AQSh iqtisodiyotida biznes tarkibini o’zgartirish amaliyoti XIX asrning 50-60-yillarida korxonalarda markazlashgan boshqaruvdan foyda, investitsiya kabi markazlarning huquq va majburiyatlarini oshirishga o’tilishi bilan boshlandi.
Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko’ra, korxonalar o’rtasidagi raqobat kurashining kuchayishi ishlab chiqarishning moslashuvchanligi va samaradorligini oshirish, har qanday ichki va tashqi omillar ta’siriga tayyor turish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Bunday sharoitda yirik korxonalar oldida vertikal integratsiyalashish darajasini haqqoniy baholash, uni pasaytirish imkoniyatlarini izlash, bo’linmalarning xo’jalik mustaqilligini ta’minlash kabi vazifalar yuzaga keladi.
Fapb mamlakatlari tajribasining tasdiqlashicha, biznesni nomarkazlashtirishda korxona rahbariyati bozorni o’rganish, ishlab chiqarishni boshqarish va nazorat qilish, tovar va xizmatlarni sotish to’g’risida etarlicha axborotlar to’plash borasida dastlabki marketing izlanishlarini amalga oshirmasdan iqtisodiy samaradorlikka erishishi qiyin.
Marketing izlanishlari tovar (ish va xizmat)larni bozorda foydali sotish bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda asos vazifasini bajaradi. Mazkur izlanishlar mahsulotlar sifati va bahosiga ta’sir etuvchi omillar hamda ishlab chiqarish va sotish ko’rsatkichlari (sotish hajmi va joyi, mol etkazib beruvchilar, vositachilar va h.k.)ni ifoda etadi.
Biznes tarkibini o’zgartirish bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda quyidagalar marketing faoliyatining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi:
– korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish;
– joriy biznes faoliyatiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish;
– korxonaning ichki biznes tarkibini tahlil qilish;
– korxonaning faoliyat ko’rsatayotgan tashkiliy tuzilmasining iqtisodiy samaradorligini baholash.
Korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilishda uning bozorda muayyan faoliyat turi bo’yicha raqobatlashish darajasi aniqlanadi.
AQSh iqtisodchisi, strategik boshqarish bo’yicha etuk iqtisodchi olim M. I. Porter korxona biznesining rivojlanishiga olib keluvchi to’rtta o’zaro raqobatlashadigan iqtisodiy sub’ektni ajratadi (13.15-chizma).
Yangi korxona (bozorda yangi raqobatchining paydo bo’lish xabfi)