Biznes tarkibini o’zgartirish bo’yicha qarorlar qabul qilishda boshqaruv samaradorligini baholash
Korxonalarda biznes tarkibini o’zgartirish bo’yicha oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilishga bevosita bog’liq.
Bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar boshqaruvi samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiyotini istiqbolli rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Mazkur holatda korxonalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati ichki va tashqi omillap ta’sirida takomillashadi. Ular oldiga o’z faoliyatlarini bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda tashkil etish talabi qo’yiladi.
Bu kabi talablar korxonalarga xaridorlar ehtiyojlarini optimal darajada qondirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni yo’lga qo’yish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan hamda tashqi muhit o’zgarishlariga moslashuvchan boshqaruv tizimini vujudga keltirishni taqozo etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda boshqaruv samaradorligi alohida o’rin egallaydi, chunki har bir iqtisodiy tizim va jarayon samarali boshqarishni talab qiladi. Iqtisodiyotning boshqarish samaradorligi deyilganda, avvalambor, boshqarish jarayonining natijaviyligi tushuniladi.
Agar korxona boshqaruv faoliyatining natijaviyligi xodimlar faoliyatining pirovard natijaviyligi bilan to’g’ri kelsa, boshqarishda murakkab, ko’p qirrali obektni baholash bo’yycha to’liq (umumiy) yoki shaklan samaradorlik yuzaga keladi (13.13-chizma).
Samaradorlik ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida boshqaruvning barcha tomonlarini qamrab oladi va iqtisodiy, tashkiliy, marketing hamda boshqa munosabatlarni ifodalaydi.