Boshqaruv hisobi – korxona bo’linmalari faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim etuvchi, byudjetlashtirish, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, xarajatlar hisobi va tainarx kalkulyatsiyasi, javobgarlik markazlari bo’yicha segmentlar hisobot tuzish, transfert baholarni shakllantirish kabi masalalarni qamrab olgan kompleks fan turi.
Boshqaruv hisobining strategik vazifalari – byudjetlashtirish, uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni jalb qilish, biznes tarkibini o’zgartirish, mahsulotlarning yangi turlarini o’zlashtirish kabi uzoq muddatga mo’ljallangan vazifalar.
Boshqaruv hisobi taktikasi – joriy davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi bo’yicha hisob yuritish dalillash, qabul qilingan qarorlarni tahlil va nazorat qilish hamda ular ijrosi uchun javobgarlik.
Boshqaruv hisobi hisobvaraqlar rejasi – korxona faoliyatini byudjetlashtirish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini tashkil etish, "Xarajatlar–ishlab chiqarish hajmi–foyda" tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashga mo’ljallangan hisobvaraqlar to’plami.
Boshqaruv hisobining acociy ob’ektlari – korxonaning alohida bo’linmalari: bo’limlar, tsexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to’g’risidagi axborotlar.
Boshqaruv hisobi tamoyillari– hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, ishonchlilik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko’hsatkichlarning kiyoslanuvchanligi va h.k.
Boshqaruv hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar – korxona boshqaruvi xodimlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari.
Boshqaruv hisobi axborot manbalari – moliyaviy hisobot axborotlari, shuningdek marketing, soliq, sug’urtaga oid ma’lumotlar va h.k.
Boshqaruv hisobn axborotlarini aks ettirish usullari – moliyaviy hisob usullari, ekonometrika, statistika va iqtisodiy tahlil usullari.
Boshqaruv hisobi axborotlarining o’lchov birliklari – moddiy, mehnat va qiymat kabi barcha hisob o’lchovlari.