Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Hisob-kitob hisobvarag’I operatsiyalarining hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə74/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   524
Guliston davlat

Hisob-kitob hisobvarag’I operatsiyalarining hisobi

2-misol.


MChJ “Bahrom” 31.11.2019 yildagi (28 dan 30.11.2019 gacha bo’lgan davr uchun) quyidagi pul hisob-kitob hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan qabul qildi:
- materiallar etkazib beruvchiga to’lov uchun 2019 yil 28.11dagi 21-son to’lov topshiriqnomasi – 2 456 000 so’m va QQS 368 400 so’m;
- soliq va majburiy ajratmalarga byudjet qarzini qoplash uchun 2019 yil 28.11dagi 22–son to’lov topshiriqnomasi – 4 333 000 so’m;
- bankning 845-sonli memorial orderi asosida 2019 yil 28.11da materiallar etkazib beruvchiga pul mablag’larini o’tkazish bo’yicha bank xizmatlari uchun haq to’lash– 5120 so’m;
- bankdan naqd pul olish uchun 2019 yil 30.11 dagi 38-son kassa kirim orderi kvitantsiyasiga asosan – 7 800 000 so’m;
- bankning 965-sonli memorial orderi asosida 2019 yil 30.11da naqd pul to’lagani uchun bank xizmatlariga komission haq – 14 160 so’m;
- 2019 yil 01.11 214-sonli shartnomaga asosan sotilgan mahsulot uchun 2019 yil 30.11dagi 221-sonli xaridorning to’lov topshiriqnomasi bo’yicha pul tushumi – 9 428 000 so’m va QQS 1 414 200 so’m.

Yechim:
Bank ko’chirmasini qayta ishlash va barcha xo’jalik operatsiyalar summalarning to’g’riligini tekshirgandan so’ng bankning 2019 yil 28 noyabrdan 30 noyabrgacha bo’lgan davrdagi hisob-kitob hisobvarag’idan ko’chirmasi asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi.





Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

Sotib olingan materiallar uchun, shu jumladan QQS bilan, mol etkazib beruvchiga to’langan summa qayd etildi (2 456 000 Q368 400)

2 824 400

6010

5110

Soliqlar va yig’imlar bo’yicha byudjetga o’tkazilgan qarzlarning aks ettirilishi

4 333 000

6410

5110

Ta’minotchiga pul mablag’lari o’tkazish bo’yicha bankning xizmatlariga aks ettirilishi

5 120

9430

6990

Ta’minotchiga pul mablag’larini o’tkazish uchun bank xizmatlariga to’langan summa

5 120

6990

5110

Bankdan chek bilan olingan naqd pul summasi aks ettirilishi

7 800 000

5010

5110

Naqd pul to’lash bo’yicha bank komissiyasi hisob qilindi

14 160

9430

6990

Naqd pul berish uchun bankka to’lanadigan komissiya

14 160

6990

5110

Ilgari jo’natilgan mahsulotlar uchun xaridordan olinadigan to’lov, shu jumladan QQS(9 428 000 Q 1 414 200)

10 842 200

5110

4010




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin