Guliston davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisod fakulteti


II.bob. MAKTAB GEOGRAFIYA DARSLARIDA NOANANAVIY VA INTEGRATIV USULLARIDAN FOYDALANISHNI USLUBIY ASOSLARI



Yüklə 109,18 Kb.
səhifə6/10
tarix19.02.2023
ölçüsü109,18 Kb.
#84969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xudoynazarova Suxdiyona

II.bob. MAKTAB GEOGRAFIYA DARSLARIDA NOANANAVIY VA INTEGRATIV USULLARIDAN FOYDALANISHNI USLUBIY ASOSLARI
2.1. Noan’anaviy dars mashgulotlari;
Pedagogik jarayonni tashkil etishda xar bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini xisobga olish zarur. Pedagogik mulokot urnatish uchun zamonaviy, innovatsion texnologiyalardan foydalanish extiyoji tug`ildi. Bu texnologiyalardan biri interaktiv dars usullaridir. Lotinchadan “inter”- o`zaro, “akt”- muloqot, yaqinlikdir. Interaktiv usullardan foydalanishdan maqsad shuki, darslarni qiziqarli, sermazmun, eng muhimi samarali kilib utkazishdir. Bunda o’quvchining bilimi ortadi, shaxsiyati rivojlanadi va uquv jarayonining maxsuldorligi kupayadi. Ma’lumki yaxshi uzlashtirish uchun shunchaki tinglab, yozib o`tirish yetarli emas, balki shu material ustida faol ishlash, o`ylab kurish, muxokama qilib chiqish, yordamchi vazifalar bajarishi kerak. Xozirgi paytda biz pedagoglarning asosiy vazifamizdan biri talabadan mustaqil shug`ullanish malakasini xosil qilishidir. Interaktiv usullardan foydalanilganda, talabaning barcha psixik jarayonlari idrok, ong, diqqat, xotira, sezgi, aql, tasavvur, tafakkuri ishga tushib, muammoni yechish uchun izlashga, qidirishga, fikrini rivojlantirishga yunaltiriladi. Bunda materialni uzlashtirishga bo`lgan extiyoj, mayl ortib boradi va natija xam samarali buladi. Interaktiv usullar amaliy mashg`ulot vaqtida o`tkazib, ma’ruza bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, aniqlashtirish mustaxkamlash va rivojlantirish uchun muljallangan.
Mashgulotlarni tashkil kilish usullari
Interaktiv usullarga: “miya xujumi”, mojaro metodi, “dumaloq stol”, “uch bosqichli intervyu”, “muammolarni xal kilish metodi”, “stol urtasidagi ruchka”, “galereyani aylanish”, “akademik munozara”, “qor bo`ron” metodi, “asalari galasi” “kritik vaziyatni taxlil kilish” va b. kiradi. Bu metodlar buyicha ishlash uchun 5 kishidan iborat guruxlar tuzib, ishonchli vaziyatni vujudga keltirib, oshkora muxokama kilish uchun psixologik keskinlikni bartaraf etish kerak.
Afzalliklari:
1. Qatnashchilarga o`z g`oyalari va fikrlari bilan ko`proq o`rtoqlashishi, ularning bir-biridan o`rganishi uchun imkon beradi.
2. Kichik guruhlarda qatnashchilar katta guruhda aytishlari mumkin bo`lgan fikrlardan boshqacha fikrlarni aytishlari mumkin .
3. Dikkat markazini pedagogdan katnashchilarga kuchiradi.
4. Katnashchilarni uz ustlariga kuprok mas’uliyat olishga majbur kiladi.
Interaktiv mashgulot turlari
Miya xujumi:
Mas: O’quvchilarga pedagogika tarmoklarini sanab berish topshiriladi. Javob berilayotganda – javoblar izoxlanmaydi yoki o`rinsiz deb rad etilmaydi. Javoblar tugagach o’quvchilar ukituvchi bilan birgalikda javoblarni muxokama qilishadi. Yoki psixologiyadan tafakkur operatsiyalarini sanab berish topshiriladi. Guruh a’zolari shu mavzu yuzasidan gaplashib, miyaga nima kelsa, shularning xammasini
daftarga yozib olishadi. Keyin xamma uz fikrini bayon etadi. goyalarni yozish uchun bir kishini ajratish kifoya kiladi. Bu metod guruhni birlashtirib, yakdil qiladi.
Mojaro metodi:
Axlokiy tarbiya mavzusi buyicha muammoli vaziyat kurinishidagi topshirik beriladi. SHu topshirikni tahlil qilib, tez qaror qabul qilish zarur. Yoki psixologiyadan diqqat mavzusi bo`yicha turli muammoli vaziyatlar berilishi mumkin. Bu metod o’quvchilarga tez fikrlashni va favqulodda vaziyatlarda ishlashni o`rgatadi.
Dumaloq stol metodi:
Topshirik yozib kuyilgan kogoz varagi davra buylab utkaziladi. Xar bir o’quvchi uzining javob variantini yozib kuyadi va varakni boshka o’quvchiga uzatadi. Javoblar tugagach, muxokama buladi.
Notugri javoblar uchiriladi, tugri javoblar soniga karab o’quvchilar baxolanadi.
Masalan: 1 Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini kursating. 2 Pedagog maxoratlarini aytib bering. Yoki 1 SHaxs komponentlarini belgilab bering. 2 Leongard buyicha xarakter xususiyatlarini sanab bering va x. k.
Uch bosqichli intervyu:
Guruh 3 ga bo`linadi pedagog – o’quvchi - ekspert. Xar bir guruh shu rollarni egallaydi. “Pedagog guruhi mavzu buyicha savol va topshiriklar berishi, “o’quvchi” guruxi javob berishi, “Ekspert” guruhi ularni baxolashi zarur. Ekspert 3 bulimga bulib baxolaydi:
1. Nimalar tugri kilindi.
2. Nimalar notugri kilindi.
3. Qanday kilish kerak edi.
Bu metod o’quvchilarga surab-surishtirish, pedagogik mulokot olib borish, bilim va malakalarni tekshirish va baxolashni urgatadi.
Ruchka stol urtasida” metodi.
Guruxga topshirik beriladi. Xar bir o’quvchi uz javob variantini varak kogozga yozib, uni qushnisiga uzatadi, uz ruchkasini stolning urtasiga surib kuyadi. Javobni bilmaydigan o’quvchi kogozni keyingisiga uzatib ruchkani uzida olib koladi. Javob variantlari yozilgan kogoz ukituvchiga beriladi va birgalikda muxokama kilinadi. Bu metodda ukituvchi mashgulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini kurib turadi.
Masalan: Tarbiya usullarini belgilab bering. Yoki temperament turlari va ularning asosiy xususiyatlarini kursating.
Galereyani aylanish” metodi”
Kichik guruxlarga 1 ta muammo taklif etiladi. Xar 1 gurux 10 min davomida uz fikrlarini yozadida, javob yozilgan varaklarni 2 chi gurux bilan almashtiradi. Keyingi gurux oldingi guruxning javoblarini baxolashi va javob tulik bulmasa, uz javobi bilan tuldirishi kerak. Masalan: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning boskichlari. Javoblar yozib bulingach, varaqlar doskaga osib kuyiladi va birgalikda muxokama kilinadi.
Akademik munozara.
Gurux 2 komandaga bulinadi, xar biriga vaziyatga oid topshirik beriladi, masalan: “o’qituvchi - o’quvchi mulokoti”. Bunda 1chi gurux mulokotning salbiy tomonlarini taxlil kiladi - ya’ni “prokurorlar”. 2 chi gurux vaziyatning ijobiy tomonlarini izoxlab beradi. Vaziyatga oid topshirik yoki rolli uyinni muxokama kilish uchun talabalar shu mavzu yuzasidan chukur bilimga ega bulishi kerak.
Kor buron” metodi.
Ikki gurux o’quvchilari bir muammo yoki vaziyatni muxokama kilib eng kup mikdorda tugri javoblar olish kuzda tutiladi. Xar bir tugri javob yumaloklangan kor kurinishida usha guruxga ball tariqasida yozib kuyiladi. Eng kup ball olgan gurux a’lo baxolanadi.
Kritik vaziyatni taxlil kilish.
Biror bir tashvishli muammoli vaziyat muxokama kilinishi kuzda tutiladi. Bunda nimani boshqacha qilish kerak edi, nima uchun bu xatoga yul kuyildi, xatoni takrorlamaslik yoki tuzatish uchun nimalar qilish lozim, degan masalalar kurib chikiladi. Javob variantlari iloji boricha kup bulishi kerak.
Akvarium” metodi.
Guruxdan 5 kishi tanlab olinadi. Ular sinfxonasining urtasidan joy oladilar – guyoki “balik”, qolganlar kuzatuvchi bulishadi. Kichik guruxga bir vaziyat taklif etiladi. Ular buni birgalikda muxokama qilishlari, kuzatuvchilar ularning tugri yoki notugri javoblarini yozib borishlari kerak. Avval “baliklar” versiyasi beriladi, keyin kuzatuvchilar o`z versiyalarini taklif etadilar. Eng yaxshi versiya muallifi uz versiyasini taklif etmagan o’quvchi urniga kichik guruxga utadi. Buni “Nima, kachon, kaerda” degan o`yin singari xam utkazish mumkin, ukituvchi oldindan tayyorlab kuyilgan savollarni beradi, o’quvchilar bularni 1min davomida muxokama kilib, javob berishadi. Javoblar kanaotlanarli bulmasa, stolga boshqa o’quvchilar utirishadi. o’quvchilarda munozara olib borish malakasi rivojlanadi.
Kora yashik” konkursi
O`qituvchi topshirish variantlari yozib kuyilgan kartochkalarni tayyorlaydi. o’quvchilar tavakkaliga kartochkalardan oladi. Savollarga javoblar yozma shaklda beriladi.
Kim kuprok? Kim tezrok” konkursi.
Bir kancha savollarga istagan o’quvchi bir minut ichida javob beradi. Ekspert tugri javoblarni sanab boradi. Bu konkurs “Eng zaif xalka” uyiniga uxshab utadi. Masalan: 1. Kuzi ojizlar bilan shugullanadigan pedagogika tarmogi kanday nomlanadi? 2. Psixologiyaga stress tushunchasini kiritgan olim kim?

Yüklə 109,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin