portal.guldu.uz-JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY FIZIOLOGIK ASOSLARI
Massaj – fiziologik va gigienik asoslari, sport shikastlanishlarida qo‘llanish xususiyatlari Massaj tarixi. Ijtimoiy ahamiyati. Organizmning fiziologik funktsiyalariga ta`siri. Massaj usullari va qo‘llanilishining negizlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Massaj tarixi: Massaj qadimgi Xitoyda, Hindistonda, qadimgi Gretsiyada, Rumda tarqalagan. Ammo, shubhasiz, massaj rivojlanishi tarixida rol Gretsiyaga tegishli. Birinchilardan bo‘lib massajni nafaqat sog‘liqni saqlash va tiklash uchun, balki kasalliklarni davolashning juda yaxshi vositasi sifatida qo‘llashgan.
Ijtimoiy ahamiyati Bizning kunlarimizda massaj nafaqat o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi, balki juda ham keng ommabop bo‘ldi. Masalan, massaj bemorlarni operatsilarga tayyorlashda yordam beradi, operatsiyadan keyingi davrda tiklash vositasi hisoblanadi, ko‘rpa-tushak tartibidan keyingi yuzaga keladigan mushaklar atrofiyasiga qarshi kurashishiga yordam beradi va boshqalar. Massaj san`atiga balet artistlari, dramatik tetar artistlari va tsirk xodimlari murojaat qilishadi. Sportsmenlar uchun massaj sport mahoratini oshirishda , charchash bilan kurashishda yordamchi hisoblanadi, u ruhiy-jismoniy ish qobiliyatini tiklash va oshirishning eng yaxshi vositasidir.
Organizm fiziologik funktsiyalariga ta`siri
Massaj muolajalari ta`siri ostida terida biologik faol moddalar paydo bo‘ladi va qonga tushadi, ular to‘qima gormonlari hisoblanadi va tomir reaktsiyalarida, nerv impulslari uzatilishida va boshqa reaktsiyalarda ishtirok etadi. Masalan, hujayralarda bog‘langan holda faolsiz joylashgan atsetilxolin massaj ta`siri natijasida eruvchan, faol holaga o‘tadi. Atsetilxolin nerv impulslarini bir hujayradan boshqa hujayraga o‘tkazishda muhim rol o‘ynaydi.
Massaj usullari xususiyatlari va qo‘llanilishi
To‘qimalarga mexanik ta`sir qilish – cho‘zish, surish, bosish, ishqalash, burash. Bu limfa, qon, to‘qimalararo suyuqlik tsirkulyatsiyasiga yordam beradi, epidermisning kuchgan hujayralari chiqarilishiga sharoit yaratadi. Mexanik omil dimlanish hodisalariga jiddiy taxsir ko‘rsatadi, modda almashinuv va teri nafas olishiga ta`sir ko‘rsatadi. Massaj ta`siri organizmga turlichadir. U deyarli barcha kasalliklarda qo‘llaniladi, kapillyar qon aylanishiga, qon tomirlar tonusiga juda yaxshi ta`sir ko‘rsatadi.