Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat kafedrasi jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


Sport tibbiyotida qo’llaniladigan tibbiy nazorat usullari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə50/117
tarix16.11.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#69481
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117
portal.guldu.uz-JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY FIZIOLOGIK ASOSLARI

Sport tibbiyotida qo’llaniladigan tibbiy nazorat usullari.
I. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi kishilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish.
Dastlabki, takroriy, qo’shimcha turlarga bo’linadi.
Dastlabki – ya’ni birinchi marta tibbiy ko’rikdan o’tkazishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga ruhsat etish – etmaslik masalasi hal qilinadi va tekshiruvchini salomatligi to’g’risida spravka beriladi.
Tibbiy ko’rik umumklinik tekshirishi asosida olib boriladi:
so’rab–surushtirish (anamnez), ko’zdan kechirish, paypaslash (pal’patsiya): perkussiya, auskul’tatsiya va asbob-uskunalar yordamida tekshirish usullari qo’llaniladi.
Bundan tashqari pasport ma’lumoti va sport anamnezi aniqlanadi. O’quv trenirovka protsessini tashkil etish uchun organlarining funktsional imkoniyatlarini va ish qobiliyatini oshirish maqsadida maxsus sinamalar yordamida tekshiriladi.
Tibbiy ko’rik va jismoniy tayyorgarlik ma’lumotlariga asoslanib, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar quyidagi tibbiy guruhlarga ajratiladi: asosiy, tayyorlov va maxsus.

  1. Asosiy guruh - jismoniy tayyorgarligi etarli bo’lgan, sog’lom yoki salomatligida deyarli o’zgarishlar bo’lmagan shaxslar asosiy tibbiy guruhlariga kiradi. Bu guruhdagilar jismoniy tarbiyaning to’la programmasini bajaradilar, sport bilan shug’ullanishlari va musobaqalarda qatnashishlari mumkin.

  2. Tayyorlov guruh – sog’ligida bir oz o’zgarish bo’lgan va jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarligi orqada qolayotgan shug’ullanuvchilar kiradi. Ularga sport bilan shug’ullanish man etiladi. Ular uchun jismoniy tarbiya normativlarini topshirishi muddati uzaytiriladi, o’quv mashg’ulotlari soni ham cheklanadi.

  3. Maxsus guruh – salomatligida anchagina o’zgarishlar bo’lgan shaxslar kiradi. Ularga jismoniy tarbiya ta’lim vazirligini maxsus o’quv pragrammasiga binoan bajaradilar. Ular normativlarni topshirishidan ozod qilinadi.

Takroriy tibbiy ko’rikda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug’ullanuvchilarning sog’ligi, jismoniy rivojlanishi va funktsional holatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga aytiladi. Takroriy tibbiy ko’rik bir yilda 1marta o’tkaziladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin