Nazorat savollari 1. Sport tibbiyotini rivojlanish bosqichlari shartli ravishda qanday davrlarga ajraladi.
2. Sport tibbiyotining maqsadi.
3. Sport tibbiyotining termini qachondan ishlatila boshlagan.
3-savol bo’yicha darsning maqsadi: Sport tibbiyotining asosiy vazifalarini tushuntirib bera oladi.
Ish turlari nimalardan iborat ekanligini biladi. Sport tibbiyotida qo’llaniladigan tibbiy nazorat usullari.
3-savolning bayoni. Sport tibbiyotini asosiy vazifalari.
1. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi kishilar sog’ligi ustidan muntazam tibbiy nazoratini o’rnatish va olib borish; trenterovkani tuzishda sportchining shaxsiy xususiyatlariga qarab trenterovkaga ko’maklashish.
2. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni salomatligini, funktsional holatini va shu bilan birga jismoniy mashg’ulotlar noto’g’ri uyushtirilishi oqibatida salomatligida yuz beradigan har xil noxushliklarni erta qo’llaniladigan tibbiy tekshirish metodlarini takomillashtirish, yangi mukammal usullarni ishlab chiqish va sport tibbiyoti amaliyotini joriy qilish;
3. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni shikastlanish sabablarini o’rganish, ularni davolash va profilaktikani grafik tartibi bilan birga olib borish.
Sport tibbiyotining asosiy ish turlari.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi kishilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
Etakchi sportchilarni dispanser kuzatuviga olish;
TPN olib borish: sport bilan shug’ullanish nazoratida sportchilarni salomatligini mustahkamlashda sog’lomlashtirish, davolash va profilaktika chora tadbirlarini tashkil qilish;
Jismoniy tarbiya va sport mashqlari uchun ajratilgan joylar, musobaqa o’tkaziladigan joylar sharoiti ustidan, shu jumladan sport inshoatlari ustidan sanitariya gigiena jihatdan nazorat qilish;
Sport musobaqalarni o’tkazishda tibbiy xizmati ko’rsatish;
Jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish ishlarini ommaviy turlarini o’tkazishda tibbiy xizmat ko’rsatish;
Sportchilar o’rtasida sanitariya ishlarini olib borish va keng omma orasida jismoniy tarbiya umumiy g’oyalarni propoganda qilishga doir agitatsiya amalga oshirish.