Ishni bajarish tartibi:
1 qismda 30 sekund davomida 20 marta o`rnida o`tirib turish mashqi bajariladi. Bunda o`tirganda qo`llar oldinga cho`zilgan dastlabki holatga qaytganda esa qullar yonda bo`ladi. So`ngra 3 minut davomida, har bir minutni 10 sekundlarga bo`lingan holatda tomir urish soni va arterial qon bosimini o`lchash yo`li bilan organizimning tiklanishi aniqlanadi.
2 qismda 15 sekund davomida teshiriluvchi o`rnida maksimal tezlikda yugurish mashqini bajaradi. SHundan so`ng esa 4 minut davomida yuqoridagi ko`rsatilganidek, har bir minutni 10 sekundlarga bo`lib olgan xolda, tomir urishlar soni va arterial qon bosimini o`lchash orqali organizmni tiklanishi aniqlanadi.
3 qismda tekshiriluvchi tomonidan 3 minutlik, har bir minutiga 180 qadamdan iborat bo`lgan yugurish mashqi bajariladi va 5 minut davomida yuqoridagilardek organizmning funktsional holatini tiklanishi aniqlanadi.
Tekshirish natijalari yuqoridagi ma’lumotlar asosida hulosalanadi.
Nazorat savollari: Sport mashg’ulotlaridan so’ng organizmning tiklanishi tekshirish usuli to’g’risida ma’lumot bering?
Letunov sinalmasi yordamida organizimning tiklanishini aniqlashni tushuntirib bering?
Letunov sinalmasi yordamida organizimning tiklanishini aniqlash usulini afzalliklarini tushuntiring.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Dembo A.G – «Sportivnaya meditsina». 1990, 1995 g
2. Shafranovskiy A.E – Vrachebno – pedagogicheskiy kontrol za fizicheskim vospitaniem 1992
3. Deshiv D.F, Vasileva V.E – Vrachebno’y kontrol’ i lechebnaya fizicheskaya kultura 1999 g
4. David Verner “Hammabop tibbiyot qo’llanmasi” Toshkent -2006.
5. MUSTAQIL TA’LIM BUYIChA MATERIALLAR ( MUSTAQIL ISh TOPShIRIQLARI)
Quyidagi o’tilgan mavzular asosida berilgan savollarga javob toping va rejalar asosida tahlil qiling.
1-mavzu: Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslarining paydo bo‘lishi va rivojlanishining qisqacha tarixi.