2.Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning ijobiy hal etilishi mashg‘ulot (ta’lim jarayoni) mazmuni, ta’lim shakli metodlari hamda vositalari о‘kuvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularda chukur bilim va dunyoqarashni hosil qilish ishiga xizmat qiladi.
Ta’lim shakli о‘qituvchi va о‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarining tashqi ifodasidir.
Qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari о‘qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga urunganlar. Hozirgi vaqtda respublika ta’lim muassasalarida о‘qitishning quyidagi shakllaridan foydalanilmoqda.
Dars о‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi. Sinf-dars tizimi quyidagi mazmunga egadir:
Har qaysi sinf yoshi va bilim darajasiga kо‘ra bir xil bо‘lgan о‘kuvchilarning doimiy guruhiga ega bо‘ladi;
Dars jarayoni asosan 45 daqiqa javom etib, qat’iy jadval asosida olib boriladi;
Dars о‘qituvchi va о‘quvchilarning faoliyat birligida asoslangan bо‘lib, bevosita о‘qituvchi raxbarligida jamoa, guruhi va yakka tartibda olib boriladi;
Dars mashg‘uloti о‘tilayotgan va о‘zlashtirilayotgan materialning mazmuniga qarab turli xil metodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navatdagi bilimlarni о‘zlashtirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
Darsda о‘qituvchi bilan о‘quvchining о‘zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslanadi. О‘qituvchi darsda barcha о‘quvchilar faoliyatini nazorat qiladi, shuningdek, о‘quvchilarning о‘zaro aloqalari va nazoratini qо‘llabquvvatlab turadi. О‘qituvchining dars jarayonidagi faoliyati о‘kuvchilar tomonidan fan asoslarining о‘zlashtirilishi ularda zarur kо‘nikma va malakalarni hosil bо‘lishi uchun zamin yaratadi.
Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qо‘yilmoqda:
Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan
tо‘g‘riligi;
Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik
vazifalarining birligi va uzviyligi;
О‘qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, о‘quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash;
Mashg‘ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qо‘shib olib borish;
О‘qituvchining rahbarlik vazifasi bilan о‘quvchilar faol bilish faoliyatini birga olib borish;
Darslarning о‘zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bо‘lishiga erishish;
О‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish;
Darsda о‘quvchilarni о‘qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish;
Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish;
Darsda о‘quvchilar erkinligini ta’minlashga erishish.
Bir soatlik darsga mо‘ljallangan dastur о‘quv materiali mazmunini bayon qilish, didaktik maqsad va talablarga muvofiq tashkil etilgan mashg‘ulot turi dars turi deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, о‘quvchilarni bilim, kо‘nikma va malaka bilan qurollantirishda mashg‘ulotning asosiy qismini ishg‘ol qilgan ta’lim shakli u yoki bu dars turini tashkil etadi.