Taqrizchi: A.Bolibekov, GulDU, Maktabgacha
ta’lim kafedrasi dotsenti ___________
© GulDU, 2021 y.
USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI
1.Kirish………………………………………………..……………
|
|
2.Ma'ruza mashg’ulot mavzulari ………………………………….
|
|
3.Amaliy mashg’uloti mavzulari ………………...…….…….….
|
|
4.Seminar (Laboratoriya) mashg’uloti mavzulari …………………
|
|
5.Mustaqil ish topshiriqlari………..………………...………........
|
|
6. Glossariy…………………….……….……………..…………..
|
|
7.Test topshiriqlari…………….…………….………………..…....
|
|
8. Adabiyotlar ro’yxati ……………………………..………….…
|
|
9. Ilovalar:
|
|
Fan dasturi………………………………………………………….
|
|
Ishchi fan dastur……………………………………………………
|
|
Qo`shimcha didaktik materiallar…………………………………...
|
|
Kirish
Наr bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jaxonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi - bilimli, yuqori intellektual saloxiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlami mujassamlagan yoshlarga bog‘liq xisoblanib, har jixatdan etuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sitqi dildan hizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga etkazish, oqitishni sifatli va mazmun jixatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan barobar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo’lib voyaga etishiga aloxida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyaini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: ‘‘Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog’liqdir.”1 - deb alohida ta’kidlaganlar.
Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni islox etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslami tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumibashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tadbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni xayotda o‘z isbotini topishda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” xuquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab berilganidek, maktabgacha ta’lim bola sliaxsini sog'lom va etuk maktabda o'qishga tayyorgarlik darajasija shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning 6-7 yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari va mulk shaklidan qat’iy nazar ta’lim muassasalarida olib boriladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlaming yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. 2
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi - maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalaming hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilami maktab ta’limiga muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yoshli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi-boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston respublikasining “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi”da ko‘rsatib o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim bu ko‘p tomonlamali, maqsadga yo’naltnaltirilgan, bolani ta’limning keyingi bosqichi - maktab ta’limiga tayyorlovchi, jismoniy, ruxiy, individual va yoshga doir rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim va tarbiya jarayonidir.
“Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi”da maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan3.
Shuningdek, Konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita - didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur va etarlicha yoritib berilgan. Наг ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtai nazaridmi asoslab berilgan bo‘lib, ulaming asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog va bolalaming o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib berilgan. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik - faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo'ladi. Bolalaming ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishini rivojlantirib borish yosh avlod tarbiyasida umumhalq ishidir
Ma’lumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya xam beshikdanoq, xattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kelajakdagi ijobiy natijalaiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |