Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari


Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə4/67
tarix22.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#190204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan о‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochibberuvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (о‘qitish, о‘qish), bilim, kо‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xattiharakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bо‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya-muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama о‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim-o’quvchilarning nazariy bilim, amaliy kо‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini о‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan jarayon.
Bilim-shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar kо‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Kо‘nikma-shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka-muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot-ta’lim-tarbiya natijasida о‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan kо‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish-shaxsning fiziologik va intellektual о‘sishida namoyon bо‘ladigan miqdor va sifat о‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘likligi. Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning о‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan о‘rganiladi.
1.Metodika – xususiy fanlarni о‘qitish xususiyatlarini о‘rganadi.
2.Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi о‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini о‘rganadi.
3.Pedagogik texnologiya–ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini о‘rganadi.
4.Pedagogik mahorat-bо‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini о‘rganadi.
5.Ta’limni boshqarish-ta’lim muassasalarining faoliyatini yо‘lga qо‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini о‘rganadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin