2.Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu о‘qituvchi va о‘quvchitalabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq deb hisoblaymiz, ya’ni о‘qitish jarayonida, maqsad bо‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qо‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi о‘qituvchi va о‘quvchi о‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, о‘quv jarayonida о‘quvchi – talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, о‘zlari xulosa qila olsalar, о‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, о‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, anna shu, о‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, о‘quv predmetining о‘ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni о‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bо‘lib, u о‘kuvchi-talabaning extiyojidan kelib chikkanholda bir maqsadga yо‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir kafolatlangan natijaga erishish, ham о‘qituvchi, ham о‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qо‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog‘liq.
О‘qituvchi va о‘quvchi-talabaning maqsadli natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda о‘quvchi-talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, massalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bо‘lar, bular о‘kituvchi va о‘quvchi-talabaga bog‘liq.
Shu bilan bir qatorda о‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu darayonda о‘qituvchi о‘quv predmetining о‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, TSOni, eng asosiysi, о‘quvchining imkoniyati va extiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, о‘quvchitalabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.