Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə49/67
tarix22.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#190204
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

«Tarmoqlar» metodi (Klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bо‘lib, u о‘quvchilarni biron bir mavzuni chuqur о‘rganishlariga yordam berib, о‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga о‘rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur о‘rganishdan avval о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadlashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, о‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi о‘zlashtirish, umumlashtirish hamda о‘quvchilarni shu mavzu bо‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
«Bumerang» texnologiyasi
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida о‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda о‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yо‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bо‘lgan mavzularni о‘rganishga yaroqli bо‘lib, о‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriklarni bajarishi, navbat bilan о‘quvchi yoki о‘qituvchi rolida bо‘lishi, kerakli ballni tо‘plashiga imkoniyat beradi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
jamoa bilan ishlash mahorati;
muomalalik;
xushfe’llik;
kо‘nikuvchanlik;
о‘zlarga fikriga hurmat;
faollik;
rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
ishga ijodiy yondashish;
о‘z faoliyatining samarali bо‘lishiga qiziqish;
о‘zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, sо‘zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan «ha»yoki «yо‘q» tipidagi tо‘g‘ri, ochiq, javoblarni berishni kо‘zda tutadi.
Kо‘ndalang sо‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bо‘lib, bu о‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozisiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Kо‘ndalang sо‘roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin