Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti 106. 20-guruh 2-bosqich talabasi Mardiboyeva Sitoraning Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan slayti



Yüklə 4,43 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü4,43 Kb.
#195697
Eshnazarova Ozoda


Reja:
1.Notiqlik qoidalari va nutq odobi.
2.Notiq nutqining axloqiy funksiyalari
Tayanch so`z va iboralar: Insoniy fazilatlar, shirin muomala, sanat, ovoz,ohang, shirin soz, ishonch, qalb, soz, yuz va koz, tilning korki, muomala, madaniyat, aql, kuch, til, muomala odobi, qadr-qimmat, izzat, axloqiy meyor, xushfellik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik.
Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. O`rta Osiyoda axloqiy tarbiya oz ananalariga egadir. Axloq haqidagi ibratli fikrlar qadimgi turkiy yodnomalarda, buyuk allomalarning asarlarida va boshqa yozma yodgorliklarda bizacha yetibb kelgan. Axloq fan sifatida orta asrlarda yuzaga keldi. Bu fanning o`z olimlari paydo boldi, nazariyasi yara-tildi. Ibn Muskaveyx, Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin, Tusiy, Jaloliddin Davoniy, Sabzavoriy, Giyosiddin Mansur kabilar axloq fanining mavqeyi, vazifalari, maqsadining nazariy va amaliy jihatlarini asoslab berishga hissa qo`shdilar.
"Notiqlik sanati va nutq madaniyati sohasi ham boshqa fanlar kabi insonlarga nutq odobini o`rgatishdan tashqari, ularni komil inson qilib tarbiyalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Qator mutaxas-sislarning asarlari asossiz ravishda organilmay kelindi. Ibn Arabiyning (XIII asr) «Tahzibul ax-loq» (Xulqiy tarbiya haqida) va «Kitobul axloq» («Axloq kitobi»), Abu Bakr Qalandarning (XIII asr) «Qalandar-noma», Husayn Voiz Koshifiyning
(XV asr) «Axloqi Muhsiniy», Poshshohoja Ab-duvahobxojaning (XVI asr) «Gulzor» va «Miftohul adl» («Adolat kaliti»), Abdurahmon ibn Abdukarimning (XVII asr) «Muftohul axloq», Hakim Qooniyning (XVIII asr) «Parishon» na «Guliston», Abu Tohir Xojaning (XIX asr) «Axloqi Muzaffariy» va «Axloqi Muhammadiy», Abdurahmon Sharafning (XIX asr) «Ilmi axloq», Salohnddinning (XIX asr) «Maxosini axloq» (Axloq fazilatlari), Abdurahmon Sayyohning (XIXXX asr) «Meyori axloq», («Axloq meyori») kitoblari ana shunday asarlardandir.
Kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida korinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bolgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning kongliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi.
Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun sozlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, odobli sozlash ham oz-ozidan paydo bolmaydi. Unga yoshliqdan ongli mashqlar qilish, tilning lugat boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o`rganish orqali erishiladi.
O`quvchi uchun eng yaxshi namuna o`qituvchi nutqidir. Buni o`qituvchi har doim ozida his etib turishi, oz nutqida hech vaqt odob-axloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.
Muomala axloq korki sanaladi. Har bir insonning qanday dunyoqarashga egaligi, bilimliligi, uning boshqalarga qilayotgan muomalasidan malum boladi.
Yüklə 4,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin