Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar:
1. Jamoa matn bilan umumiy holda tanishib chiqadi. O’qituvchi matn mazmunini tahlil qilishda talabalarning o’z bilim va shaxsiy tajribalariga tayana olishlari, fikrlarini dalillay olishlari hamda o’z fikrlarini himoya qilishlariga e’tibor qaratishi zarur.
2. Topshiriqni bajarishda talabalar kichik guruhlar (5 ta guruh)da ishlaydilar. Har bir guruh alohida-alohida topshiriqni bajaradi. O’qituvchi guruhlarga quyidagi topshiriqlarni berishi mumkin.
Tg’R
|
Guruhlar
|
Topshiriqlar mavzusi
|
1.
|
1-guruh
|
O’zaro ijodiy faoliyatga qiziqtiradigan muloqot.
|
2.
|
2-guruh
|
O’zaro do’stona munosabatga asoslangan muloqot.
|
3.
|
3-guruh
|
Muayyan masofani saqlagan holda tashkil etiladigan muloqot.
|
4.
|
4-guruh
|
Qo’rqitish, tahdid qilishga asoslangan muloqot.
|
5.
|
5-guruh
|
Hazil-mutoyibaga, yumorga asoslangan muloqot.
|
Guruhlar o’zlariga berilgan mavzu yuzasidan topshiriqni bajarishda o’z oilalari yoki o’zlariga tanish bo’lgan oilalar misolida fikrlarini dalillar bilan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari materiallari asosida boyitishlari mumkin. O’qituvchi esa bu borada talabalarga o’z yordamini taklif eta oladi.
Dostları ilə paylaş: |