Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish mexanizmi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə75/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish mexanizmi. O’zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o’z tarkibiga mahallalar faollari, obro’li ota-onalardan, o’quv-tarbiya muassasalarining tajribali xodimlaridan, mahalla hududida joylashgan turli tashkilotlarning vakillaridan iborat muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashlari tuziladi. Jamoatchilik kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, uning tarkibida turli yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatadigan kichik tashabbuskor guruhlar shakllantiriladi.
Jamoatchilik kengashi muayyan muddatga mo’ljallangan ish dasturiga ega bo’ladi. Mazkur dastur mahalla Fuqarolar yig’inining yig’ilishida rasman tasdiqlanishi zarur. Dasturda ko’rsatilgan tadbirlar rejasi davra suhbatlari, muayyan mavzu yoki muammoga bag’ishlangan kengash (majlis)lar, anjumanlar, mahalla aholisini birlashtiruvchi, ularni sog’lom turmush tarziga etaklovchi ko’rik-tanlovlar, musobaqalar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman yoki tantanalardan tashkil topishi mumkin.
Belgilangan tartibga ko’ra jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot berib boradi. Zarurat bo’lganda o’quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to’g’risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam ko’rsatadi.
Kengash mahalla hududida istiqomat qiluvchi, o’z farzandlari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda turli ma’muriy choralarni qo’llash huquqiga ega. Uning tashabbusi bilan dolzarb mavzularda favqulodda mahalla yig’inlari, o’quv-tarbiya muassasalarining pedagogik kengashlari yoki boshqa zarur tadbirlar tashkil etilishi mumkin. Kengash mahalla hududida o’zbek milliy tarbiya an’analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o’tkazish, bolalar va kattalarning bo’sh vaqtlarini tashkil etish borasidagi faoliyatni, shuningdek, maktablar, o’yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o’smirlar klublari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi.
O’z vakolatiga ko’ra Kengash mahalla hududida tashkil etilgan tadbirlar mazmuni va samaradorligini tahlil qiladi, ular yuzasidan uslubiy maslahatlar tayyorlab, bu haqida ommaviy axborot vositalarida xabarlar berib boradi. Kengash yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi borasidagi masala va muammolarni mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalari, tashkilot va idoralari ishi rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ular o’rtasida o’zaro hamjihatlikka erishishni ta’minlaydi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin