O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fanidan MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash.
Guruh: 18\8 Bajardi: Mirzabekova G Tekshirdi:Abdullayeva B Toshkent –2021-yil
Mavzu:Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash.
I.Kirish II. Asosiy qism. 1.Iqtidorli o‗quvchilarni aniqlashning pedagogik-psixologik ahamiyati.
2. Boshlang‗ich sinflarda iqtidorli o‗quvchilarni aniqlash usullari.
3. Iqtidorli o‗quvchilar bilan ishlashda oila maktab xamkorligi.
III. Umumiy xulosa VI. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish Iqtidorli bolalar va iste‘dodli yoshlarni aniqlash va o‗qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma‘lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‗quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‗quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta‘minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san‘atni o‗rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta‘lim muassasalari tashkil etiladi.
Iqtidorli bolalar va iste‘dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‗tkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o‗quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste‘dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‗nalishlari bo‗yicha o‗z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‗zlaridagi noyob iste‘dodni ro‗yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladideyilgan1. Ta‘lim tizimini modernizatsiya qilish yangi g‗oyalar, yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalarsiz, ustoz-shogird ilmiy hamkorlik tizimini shakllantirmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Shuning uchun ham ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida ta‘lim oluvchilarning ilmiy-amaliy bilimlarini va ko‗nikmalarini shakllantirishga ahamiyat ortib borishi zarur. O‗quvchilarning ilmiy tadqiqot faoliyatini ta‘lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida tushunishimiz kerak. Bizning fikrimizga ko‗ra, iqtidorli, talantli bolalarni juda erta aniqlashga va ularning intellektual salohiyatlarini ruyobga chiqarishlariga shart-sharoit yaratishimiz lozim. Buning uchun har bir ta‘lim maskanida o‗quvchilarni ilmiy izlanishlarga jalb qilish, ijodiy salohiyatlarini mustaqil rivojlantirish, iqtidorli pedagoglar bilan iqtidorli o‗quvchilar hamkorlikda individual ishlash muammolariga e‘tiborni yanada orttirish lozim. Iqtidor sohiblari mustaqil ijodiy ishlash ko‗nikma va malakalari bo‗lmagani uchun bilimli va tajribali ustozga muxtoj bo‗ladilar. Bu holat, bir tomondan, tajribali ustozlardan ilmiy tadqiqot ishlariga moyilligi bor o‗quvchilarni aniqlash va qullab-quvvatlash, ularning intellektual, ijodiy salohiyatlarini rivojlantirishni, ikkinchi tomondan, iqtidorli o‗quvchilardan zamonaviy ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanish bo‗lishni, turli xil fan olimpiadalarida, tanlovlarda ishtiroq etishni, ijodiy izlanishlarga qiziqish, ilmiy dunyoqarash, mehnatsevarlik shakllangan bo‗lishini taqazo etadi. Faqat shu yo‗l bilan iqtidorli o‗quvchilarda ilmiy tadqiqot ishlariga, turli fan yo‗nalishlarini teran o‗rganishga qiziqishni shakllantirish mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etish o‗quvchilarga yangi bilimlar va malakalarga ega bo‗lishiga yordam beradi, ijodiy salohiyatini rivojlantiradi, ilmiy ishini tayyorlash jarayonida analitik va tanqidiy fikrlash ko‗nikmalarini shakllantiradi, kelajakdagi hayotiy rejalarini aniqlashga, kasbiy mo‗ljalining oydinlashishiga xizmat qiladi. Shuningdek, o‗quv jarayoniga mas‘uliyatli yondashishga, ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga, aniq maqsad sari intilishga o‗rgatadi, ilmiy ish olib borish madaniyatini shakllantiradi. Shuning uchun ham bunday o‗quvchilar muayyan sohadagi taniqli olimlar bilan hamkorlik qilishga, shahar, viloyat, respublika, xalqaro miqyosdagi tanlovlarda, ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa murakkab tadbirlarda qatnashishga psixologik tayyor bo‗ladilar. Bu murakkab jarayonning qanchalik samarali bo‗lishi o‗quvchilar bilan ijodiy ishlash qanchalik tizimli va sifatli tashkil qilinganligiga bog‗liq. Zamonaviy ta‘lim doirasida o‗quvchilarning ilmiy ishlarini tashkil qilish va rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Maktab, litsey, kollejlarda ular uchun yangi faoliyat turi bo‗lgan ilmiy izlanishlarni yo‗lga qo‗yish masalalari dolzarblashmoqda. Ko‗zlanilgan maqsad-bolalarda doimiy va tizimli ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borish ko‗nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Bunday faoliyat jarayonida o‗quvchilar pedagoglar yordamida ilmiy ish yozadilar. Ularning o‗quv ilmiy ishlariga qo‗yilgan talablar barcha ilmiy ishlarga qo‗yilgan talablarga mos keladi. Asosiy farqi fundamental ilmiy ishlardan ilm uchun ilmiy yangilik talab kilinadi, o‗quvchilardan esa, o‗rganayotgan fani bo‗yicha darslikdan tashqari qo‗shimcha manbalarni to‗plash, mustaqil foydalanishi orqali o‗zi uchun yangilik yaratishidir.
O‗quvchilarning ilmiy faoliyati turli shaklda bo‗lishi mumkin. Misol uchun, biron-bir mavzu bo‗yicha referat, maqola yozish, ma‘ruzalar tayyorlash, konferensiyalarda chiqish qilish va o‗zining izlanishlarini chop etish kabilar shular jumlasidandir. Ta‘limning sifati ko‗p jihatdan pedagogning kompetensiyasi va kasbiy mahoratiga bog‗liq. Lekin bunga erishish juda murakkab. Buning uchun o‗qituvchi o‗zining shaxsiy va kasbiy pozitsiyasiga ega bo‗lishi, nazariy-metodologik, texnologik jihatdan rivojlanishga, yangiliklarni o‗zlashtirishga va amaliyatda qo‗llashga moyil bo‗lishi, o‗zi ham yangiliklar yaratishga intilishi lozim. Voyaga yetib kelayotgan avlodni ertangi kunning intellektual kadrlari etib tarbiyalash muammolari ta‘lim tizimida ilmiy tadqiqotlar mohiyatini tushunadigan, ilmiy izlanishlarga qiziqadigan, o‗zi ham tadqiqot ishlari olib bora oladigan iqtidorli o‗qituvchilar tarbiyalash tizimini takomillashtirib borishni taqozo etmoqda. Pedagogik faoliyatda asosiy e‘tibor tom ma‘noda erkin shaxsni tarbiyalash, bolalarda mustaqil fikrlay olish, mustaqil bilim olish va uni qo‗llash ko‗nikmalarini shakllantirish, qarorlar qabul qilishdan oldin uni har tomonlama o‗ylab ko‗rish, harakatlarini aniq rejalashtirish, turli guruxlarda ishlay olish, ular bilan samarali hamkorlik qila olish, yangi kontaktlar va madaniiy-ma‘rifiy aloqalarga qodir etib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bu ta‘lim jarayoniga yangi-yangi shakl va turdagi ta‘lim faoliyatini qo‗lllashni talab etadi. Shunday faoliyat turlari sirasiga ta‘lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borishlarini kiritish mumkin. Bola ilmiy tadqiqot ishlarida qatnashishni istashi uchun, eng avvalo, unda shu sohaga qiziqish, istak, ichki motivatsiyani o‗yg‗otish lozim. Keyin pedagog yordamida tanlagan fan yo‗nalishiga oid mavzu bo‗yicha ilmiy adabiyot to‗plashi, internet resurslar bilan ishlashi, umuman, axborot kerakli ilmiy ma‘lumotlarni tizimlashtirishni o‗rganishi kerak. Buning uchun o‗qituvchi yoki ilmiy konsultant o‗quvchi bilan ikki yo‗nalishda individual ishlash kerak bo‗ladi. Chunki, birinchidan, turli xildagi bir martalik topshiriklarni bajarishda (ma‘ruzalar, muayyan mavzular bo‗yicha javoblar tayyorlashda), ikkinchidan, ilmiy tadqiqot mavzusini aniqlashda hamda uning ustida davomiy ishlashda ilmiy rahbarsiz ko‗zlanilgan natijaga erishib bo‗lmaydi. O‗quvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarida ishtiroki ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bilan bir qatorda, o‗z kuchiga va kelajagiga ishonch, ilmiy faoliyatga moyillikni shakllantiradi, yangi-yangi marralarga undaydi, turli darajadagi fan olimpiadalarida, tanlovlarida, ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashishga qiziqishini orttiradi. Asosiy e‘tibor tom ma‘noda erkin shaxsni tarbiyalash, bolalarda mustaqil fikrlay olish, mustaqil bilim olish va uni qo‗llash ko‗nikmalarini shakllantirish, qarorlar qabul qilishdan oldin uni har tomonlama o‗ylab ko‗rish, harakatlarini aniq rejalashtirish, turli guruhlarda ishlay olish, ular bilan samarali hamkorlik qila olish, yangi kontaktlar va madaniiy-ma‘rifiy aloqalarga qodir etib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bu ta‘lim jarayoniga yangi-yangi shakl va turdagi ta‘lim faoliyatini qo‗lllashni talab etadi. Shunday faoliyat turlari sirasiga ta‘lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borishlarini kiritish mumkin. Zamonaviy ta‘lim tizimi ta‘lim oluvchilarni shaxs intellektual faoliyatning barcha yo‗nalishlarini ijodiy o‗zlashtirishga va yangiliklar bilan boyitishga tayyorlashi kerak. Xulosa qilib aytganda, o‗quv faoliyatini kompleks boyitish, uni zamon talablariga moslashtirish ehtiyoj va talablarini hisobga olib iqtidorli o‗quvchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga keng jalb qilish zarur, chunki shu yo‗l bilan ularning bilim olish va bo‗sh vaqtlarini foydali hamda samarali o‗tkazishlarini ta‘minlash mumkin. Shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayonini shakllantirish ta‘lim va tarbiya vazifalarini uyg‗unlashtirish muammolariga kompleks yondashuv zarurligini ko‗rsatmoqda. Shunday qilib, yosh talantlarni, iqtidor sohiblarini aniqlash va ular bilan ishlash jamiyat va davlatning intellektual kadrlarga bo‗lgan talab va ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Unutmasligimiz kerakki, bugungi maktab, litsey, kollej iqtidorli o‗quvchilari ertangi kunning olimlari, liderlari, rahbarlari bo‗lib yetishishlari uchun bugun ularni ijodiy izlanishlarga qiziqtirishimiz, murakkab bilimlarni maktab yoshidanoq egallashga yo‗naltirishimiz zarur.Ularning iqtidor va salohiyatlarini o‗z vaqtida ko‗ra olish, rivojlantirish va namoyon etishlariga sharoit yaratish bugungi ta‘lim tizimining vazifasidir.