Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə33/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Me’yoriy testlarning kamchiligi ta’lim oluvchi keyingi bosqichga o’tishga qay darajada tayyor ekanligini belgilab bermasligida ko’zga tashlanadi. Shuningdek, me’yoriy testlar ta’lim oluvchilarning hissiy va psixomotor holatlarini o’lchash uchun mos kelmaydi. Ta’lim oluvchilar o’rtasida musobaqaga moyillikni vujudga keltirib, ularni bilim olishdan ko’ra ko’proq ballarni tenglashtirishga intiltiradi. Ammo me’yoriy testlar o’quv predmeti bo’yicha ta’lim oluvchilarning umumiy qobiliyatlarini, katta guruhda qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatini aniqlashda va bo’sh ish o’rni uchun eng maqbul nomzodni tanlashda samara keltiradi.
Mezonlarga ko’ra testdan o’tkazishda natijalar o’zgarmas, doimiy standartlar bilan solishtiriladi. Masalan, haydovchilik guvohnomasini berish uchun talabgorning bilimi mavjud standart bilan solishtirilishi kerak. Uni boshqa soha hodimining qobiliyatlari bilan solishtirib bo’lmaydi.
Mezonlar bo’yicha o’tkazilgan testlar ta’lim beruvchiga ta’lim oluvchilar bilimi va imkoniyatlarini aniqlashga ko’mak beradi. Masalan, to’rt xonali sonlar bilan arifmetik amallarni bajarish bo’yicha 20 ta misol berilgan bo’lsa, ta’lim oluvchi ularni o’zlashtirgan, deb hisoblash uchun misollarning eng kamida 17 tasi to’g’ri bajarilgan bo’lishi kerak.
Ayrim hollarda tavsiya etilgan testlarni 100 foiz to’g’ri bajarish talab etiladi.
Yangi mavzuni o’tishdan avval ta’lim oluvchining shu mavzuni o’rganishga tayyorligi hamda emotsional va psixomotor holatini aniqlashda, shuningdek, ularni o’qitish uchun guruhlashda mezonga ko’ra o’tkaziladigan testlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Standartlashtirilgan testlar ma’lum standart talablari qo’yilgan dastur asosida tuzilib, ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakasini aniqlashga mo’ljallanadi. Ularning erishilgan darajani, qobiliyatlarni (qiziqishlarni ham) aniqlovchi hamda tashxislovchi turlari mavjud.
Ta’lim beruvchilar ko’proq erishilgan darajani va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar bilan ishlaydi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin