Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə28/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

3.“O‘yin” metodi.
Maqsad: do‘stiga yaxshi sifatlarini berish
Jarayon: Bolalar ikkitadan bo‘lib, bir-biriga qarama-qarshi o‘tirishadi. O‘qituvchi o‘yinda tenglikni saqlaydi. U koptokni kimga otsa, o‘sha ushlab olib, koptokni olgan odamning qaysi harakter sifatini o‘ziga olishni istashini aytadi. Keyin koptokni qarshisidagi o‘quvchiga otadi. U ham olib xarakter sifatini aytadi o‘yin shu tariqa davom etadi.
Variattsiya: “Olishni istayman” “Berishni xohlayman”,
“Yo‘qotishni xohlayman” ko‘rinishida bo‘lishi ham mumkin.
Natijalar tahlili: o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zi-o‘zi bahosini diqqat bilan tinglaydi. Bildirmasdan diktofonga yozib olishi ham mumkin. Agar o‘yin tez o‘ynalsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa: Bu yerda o‘qituvchi ikkita xulosa berishi mumkin.


  1. o‘quvchilarga hamkorining yana qaysi sifatlari noma’lum.



  2. kimdirga koptokni to‘satdan otib yuborsa, o‘quvchi shu orqali yashirinishi mumkin,



4.Yetti yoshdagi inqirozni boshidan kechirayotgan bolalar uchun . diagnostik metod.
Nomlanishi: “qay biri?”
Metodi: test-o‘yin.
Maqsadi: ba’zi harakatlar, qarashlar va qarorlar o‘z-o‘ziga baho berishni aniqlash.
Fikrlar:
Ha
Yo‘q



  • Men harakat qilyapman, lekin buni sezishmayapti



  • Men bunday munosabatga loyiq emasman



  • O‘z yutuqlarim bilan men faqat o‘zimga majburman



  • Men hech kimga yordam bermayman, hamma o‘zi uchun bo‘lishi kerak



  • Men o‘zimning xatti-harakatlarimni nazorat qilolaman.



  • Mening fikrimga boshqa do‘stlarim va o‘qituvchilarim qo‘shilishadi.



  • Mening fikrimga sinfda hech kim qo‘shilmaydi.



  • Men bilan bog‘liq barcha ko‘ngilsizlarda o‘zimni ayblayman



  • Men mustaqil qaror qabul qila olaman.



  • Men sinfdagi eng zo‘r o‘quvchilardanman.



Variattsiya. O‘qituvchi o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarni qo‘yishi mumkin. Savollar mazmuni sinflarda turlicha bo‘lishi mumkin.
Natijalar tahlil: 8-10 ball - yuqori; 6-8 ball o‘rtacha; 6 dan past ball - past baho.
Xulosa: Natijalar o‘z nihoyasiga yetganda o‘quvchida normal munosabatlar paydo bo‘ladi va boshqalarni o‘ziga sun’iy jalb qilish odati yo‘qoladi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin