Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə41/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Birinchidan, O’zbekiston Respbulikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta’limni demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo’llikni. Ta’lim beruvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan.
Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir – biriga muvofiq kelmaydi.
Ikkinchidan, baholash mezoni ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasida ixtiloflarni keltirib chiqarishga emas, aksincha, o’zaro faol hamkorlik, bir – birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina ta’lim oluvchilar tomonidan bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas, balki ta’limni tashxis etishning faol ko’makchisiga aylanishi zarur.
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo’yish tartibini bildirib, mohiyati esa baholarning o’rtasidan kelib chiqqan holda choraklik (yillik) o’zlashtirish natijalarini aniqlash tartibidan iborat.
Masalan, ta’lim oluvchi biror o’quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo’yicha ham shunday natijalarni qayt etgan bo’lsa, unga chorak uchun “4” baho qo’yiladi.Bu esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko’rgan ta’lim oluvchining ijobiy baholanishi o’rniga, oldingi mavzulardan “5” bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sabab bo’ladi.
Reyting tizimida o’zlashtirish natijasi nazoratning ko’rsatilgan barcha shakllardan o’tish jarayonida to’plangan ballarni qo’shish yo’li bilan aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o’quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7,5,8,7 ball qo’yilsa, ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun to’plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u etarlicha reyting balini to’plamaguncha va barcha nazorat shaklida o’tmaguncha attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim o’rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:


  • ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;



  • ta’lim oluvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;



  • ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;



  • ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan o’quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy mavzularning to’laligicha o’zlashtirilishi;



  • ta’lim oluvchilarda o’z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;



  • ta’lim oluvchilarda yomon baho olishga bo’lgan qo’rquv yo’qolib, uning o’rniga bilimlarni ixtiyoriy o’zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yo’lida mustuqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo’rquv o’rniga intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug’iladi, o’rganishga nisbatan qiziqish ortadi.






Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin