Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə102/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Melanxolik (kuchsiz, yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi ortiq, arazchan, tortinchoq, ko‘ngli ochiq, qiyinchiliklardan qo‘rqadi, har narsadan hadiksirab turadi, yaxshi insoniy fazilatlarga ega. Ruhiy tempisust, diqqati tez chalg‘iydi va barqaror emas...)
XULOSA
Shaxs dunyoqarashi, o‘zi va atrofidagilarga nisbatan munosabati ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarini pedagogik diagnostika va korreksiya qilish muammosi ko‘pchilik pedagog-o‘qituvchilar hamda tarbiyachilar uchun qiziqish uyg‘otgani bo‘lib, hanuzgacha to‘liq tadqiq qilinmagan soxaligicha qolmoqda.
Qobiliyatlari va xulq-atvori bir xil rivojlangan insonlar yo‘q. Har bir shaxsning qobiliyatlari turlicha bo‘lib, kimdir mehnatsevarlik jihatidan tezroq rivojlansa, boshqa birov - axloqiy-estetik tomondan ulkan muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin. Shu sababli ta’lim muassasalaridagi pedagogik diagnostikaning asosiy vazifasi - pedagogik mezonlarga asosan o‘quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllanganlik darajalarini aniqlash va ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlarni tashkil etishdan iborat.
O‘quvchilar bilan pedagogik diagnostik faoliyatni tashkil etishnig| o‘z maqsadi, obyekti, subyekti, vazifalari, metodlari va vositalari mavjud. Ta’lim muassasalarida pedagogik diagnostika va korreksiyaning asosiy maqsadi - o‘quvchi-yoshlar shaxsini maqsadli rivojlantirish, ularning istiqboldagi ijtimoiy-psixologik va kasbiy adaptatsiyasi jarayoni samaradorligini oshishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni maqsadli rivojlantirishdan iborat.
Ta’lim muassasasida pedagogik diagnostika va korreksiya faoliyatini tashkil etish - o‘quvchi shaxsini har tomonlama o‘rganib uning rivojlanish jarayonini boshqarish orqali har tomonlama komil bo‘lishga intilishni tarbiyalash imkoniyatini yaratadi. Bunda diagnostik va korreksion tadbirlarning samaradorligi, ko‘p jihatdan, ularni tizimli, bosqichma-bosqich hamda majmuaviy ravishda, o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uyushtirilishiga bog‘liq.
Mazkur jarayon quyidagi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki bosqichda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Pedagogik diagnostika metodlari yordamida o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash. Ushbu bosqich o‘z ichiga quyidagi tadbirlarni qamrab oladi:
  • xulqi va o‘zlashtirishida kamchiligi bo‘lgan “xatar” guruhga kiruvchi o‘quvchilarni aniqlash;


  • mazkur kamchilik va muammolarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish;


  • bu kamchilik va muammolarni salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini o‘quvchi tomonidan anglanishi orqali unda tarbiyaviy mobillikni shakllantirish;


  • iqtidorli o‘quvchilarni aniqlab, ulardagi shaxsiy faoliyatlar samaradorligini oshirish yo‘llari va imkoniyatlarni aniqlash.


Shaxs xulq-atvoridagi mavjud muammolarni tuzatish va bartaraf etishga qaratilgan korreksiya tadbirlarini tashkil etish. Bu bosqichda:


  • mavjud muammo yuzasidan diagnostika natijalarni o‘quvchilar bilan tahlil qilish;


  • iqtidorli o‘quvchilarga shaxsiy faoliyatlari samaradorligini oshorishlarini anglashlariga erishish.


  • o‘quvchilar bilan birgalikda muammolarni bartaraf qilish (korreksiya qilish) rejasini tuzish va har bir band mazmunini muhokama qilish;


  • rejaning har bir bandini ijro mexanizmini o‘quvchi bilan inuhokama qilish;


  • rejaning barcha bandlari ijro etilgach, olingan natijalarni tanqidiy tahlil qilish va ko‘zlangan natijaga erishilmasa har ikkala bosqich tadbirlarini takroran amalga oshirish.


O‘quvchilar bilan pedagogik diagnostika va korreksiya faoliyatini imltl. il qilishning mazmuni, ular xulq-atvorini pedagogik nazorat ostiga hIiiiiii liolda, muntazam ravishda diagnostika - pedagogik monitoring olib borishdan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


1.
Ta’lim muassasasida yoshlarda ijobiy fazilatlarni shakllanganlik iliuiiiiisini aniqlash uchun diagnostika metodlarini tanlash.
2.
Tanlangan matodlar yordamida o‘quvchilar xulqida fazilatlarning namoyon bo‘lish chastotasini o‘rganish.
3.
Diagnostika natijalariga asoslangan holda o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, ijtimoiy faolligini ijtimoiy qo‘llanadigan tomonga yo‘naltirish, ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarni shakllantirish.
4.
Olib borilgan tadbir samaradorligini davriy ravishda monitoring qilib borish.

Shunday qilib, o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Ulltiii i Inolligini ijtimoiy maqullanadigan tomonga yo‘naltirish, ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarini shakllantirish maqsadida diagnostika hamda korreksiya qilish jarayonlari quyidagi tartibda amalga oshirilishi


Mumkin:
1.
O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarini, ijtimoiy va kasbi zarur sifatlarini shakllanganlik darajalarini diagnostika metodlari yordamida aniqlash.
2.
Diagnostika natijalariga asosan o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarini shakllantirish uchun korreksiya tadbirlarini samarali tashkil qilishga oid tavsiyalai tayyorlash.
3.
Doimiy ravishda pedagog nazoratiga olinishi kerak bo‘lgan, “хакиguruhi”ga kiruvchi o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ish dividual tarzda korreksiya tadbirlarini olib borish.
4.
Ma’naviy-axloqiy fazilatlarini, ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarini yanada rivojlantirib, shaxsiy faoliyat samaradlorligini yanada oshirish maqsadida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash.
5.
O‘quvchilar bilan pedagogik korreksiyaning shakli va metodlaridan foydalangan holda, korreksion va korreksion rivojlantiruvchi tadbirlar rejasini tuzish va o‘tkazish.
6.
Tarbiyaviy tadbirlar ta’sirida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni qayta diagnostika qilish va korreksiya tadbirlari samaradorligini aniqlash.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin