Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining tayyorgarlik ko‘rish fazasi mazmuni



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə95/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining tayyorgarlik ko‘rish fazasi mazmuni




Tayyorgarlik ko‘rish fazasining bosqichlari


Tayyorgarlik ko‘rish fazasida 1
aniqlanishi kerak bo‘lgan masalalar 1

1.

Majmuaviy diagnostika natijalari tahlili

Xulqdagi tuzatilishi kerak bo‘lgan illatlar 1 va rivojlantirilishi kerak bo‘ Igan sifatlar qaysilar? |


2.

Korreksiyadan kutiladigan natija

Koneksiya orqali qanday natijaga erishmoqchimiz


Biz qanday o‘zgarishlarga erishmoqchimiz?

3.

Korreksiyadan maqsad

Kimni o‘zgartirmoqchimiz. Nimaga erishmoqchimiz. Nima sababdan o‘zgartirmoqchimiz.Qanday o‘zgarishlar sodir bo’lishi kerak?




4.

O‘quvchi xulqida korreksion o‘zgarishlar bo‘ lishiga ehtiyoj

Pedagogik korreksiya yordamida qaysi muammolarni hal qilish mumkin? Pedagogik korreksiya qanday masalalarni yechishi mumkin. Korreksiya nima uchun kerak?


5.

O‘quvchi(lar)ni korreksiyadan kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish

O‘quvchilarda qanday fazilatlarni shakllantirish. O‘quvchilar qanday natijaga erishishni hohlaydilar O‘quvchilar qanday natijaga erishishlari mumkin?


6

Pedagogik korreksiyaga nisbatan o‘quvchi(lar)ning munosabati

O‘quvchilar korreksiyaga tayyormi? Ularda bo‘lajak o‘zgarishlarga ehtiyoj mavjudmi?


Ular ayni vaqtda qanday ko‘nikma va malakalarga egalar?

7

Korreksion tadbirlarni o‘tkazish uchun moddiy-texnik bazasini o‘rganish

Pedagogik korreksiya uchun nimalar zarur. Pedagog qanday tarqatma materiallar va ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lishi kerak?


8

Korreksiyadan kutilayotgan natija va maqsadiga muvofiq bajariladigan vazifalar

O‘quvchilarda qaysi fazilatlar shakllantiriladi? Ular qanday natijalarga erishadilar? Buning uchun ular qanday vazifalarni bajarishlari kerak?




9

Pedagogik korreksiya natijalarini baholash mezonlari


Korreksiya maqsadiga erishganimizni qanday qilib bilishimiz mumkin? Korreksiya natijalarini taqqoslashimiz uchun qaysi me’zonlarga asoslanishimiz kerak?


10

Pedagogik korreksiya mazmunini belgilash

Qaysi fazilatni shakllantiramiz Qanday ketma-ketlikda ishni tashkil qilishimiz mumkin. Texnologik jarayonni tashkil qilishga qanday yondashish kerak?


11

Pedagogik korreksiya xaritasini tayyorlash

Konektsiya tadbirlari qanday ketma- ketlikda, qaysi usul va vositalar yordamida, qachon, qayerda va qanday shaklda o‘ tkaziladi?



Pedagogik korreksiya samaradorligi quyidagi shartlarning bajarilishiga bog‘liq:
1.
Muammoning mavjudligi
2.
Muammoning pedagogik korreksiya yordamida bartaraf qilish nnkoniyatining mavjudligi.
3.
Muammoni bartaraf qilinishiga nisbatan o‘quvchida turg‘un xohish yoki ehtiyojning mavjudligi.
4.
Pedagogning pedagogik korreksiya metod, usul va vositalarini bilishi hamda to‘g‘ri qo‘llay olishi.

Muammoning mavjudligi hamda uning mazmunini to‘liq o‘rganish juda muhimdir. Bu shartning bajarilishi korreksiya ishini tashkil qilish, rejalashtirish hamda shakl, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlanishini ta’minlaydi.


Keyingi qadam - ehtiyojlarni tahlil qilish bo‘lib, bu bosqichning to‘g‘ri tashkil qilinishi tarbiyaviy-korreksion faoliyatning muvafaqqiyati garovidir. Ehtiyojlar tahlilida quyidagi masalalarga ahamiyat berilishi kerak bo‘ladi:
1.
O‘quvchida tuzatilishi va rivojlantirilishi kerak bo‘lgan xislatlar to‘g‘risida tushunchaning mavjudligi.
2.
O‘quvchida ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarning shakllanganlik darajalari.
3.
Ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarni shakllanishining o‘quvchi shaxsi kamolotidagi ahamiyati.

O‘quvchida muammoni bartaraf qilinishiga nisbatan turg‘un xohish yoki ehtiyojning shakllanganligi korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat maqsadi, mazmuni hamda o‘tkazish texnologiyasini yuqori darajada aniqlik bilan belgilashga imkon beradi. Kasbiy pedagogika fanida shaxsdagi ushbu holatni tarbiyalash tarbiyaviy mobillik deyiladi.O‘quvchining pedagogik korreksiya ta’sirlariga tarbiyaviy mobillikni shakllanganligi maxsus so‘rov varaqasi yordamida aniqlanishi mumkin (Qarang: 1-ilova).


Tarbiyaviy moqillik shakllangan holatda shaxs korreksion- rivojlantiruvchi o‘zgarishlarga hamda bunday o‘zgarishlarning zarurligiga nisbatan ongli munosabatda bo‘lib, mazkur jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi. Agar shaxsning birlamchi holati sust bo‘lsa, pedagogik korreksiyaning birlamchi vazifasi - o‘quvchida o‘z xulqi, qadriyatlari hamda ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlarini o‘zgartirish istagi, xohish va ehtiyojini shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Ushbu vazifaning bajarilishi shaxsda korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlarga nisbatan ijobiy va faol munosabatni shakllantiradi. Shaxsning tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan munosabatida sust holatdan faol holatga o‘tish unda tarbiyaviy mobillikning shakllanganligidan dalolat beradi. Odatda, bunday holatda, о‘quvchiga nisbatan qilinadigan korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir eng samarali natija beradi.
Pedagogik korreksiyaga tayyorgarlik ko‘rish fazasida quyidagi tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarni o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi:
  • Pedagogda pedagogik diagnostika va korreksiya ishlarini olib borish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarning yetarli darajada shakllanganligi.


  • Belgilangan vazifalarni bajarishga ajratilgan vaqt reglamentdan oshib ketmasligi (aks holda o‘quvchida zerikish hissi uyg‘onib, korreksiya jarayonidagi faolligi pasayib ketishining kuzatilishi mumkin).


  • Korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlarni olib borishda pedagogik korreksiya tamoyillariga to‘liq amal qilinishi, mashg‘ulotlar jarayonida tarqatma materiallar hamda axborot texnologiyalaridan o‘rinli foydalanilishi.


  • Tayyorgarlik ko‘rish fazasida pedagogik korreksiyani qachon, qayerda va qancha vaqt davomida olib borilishining aniq belgilanishi.


3.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin