Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)
2.5.Sotsiometriya metodi O‘quvchilar jamoasi, guruhidagi o‘zaro ijtimoiy munosabatlarni diagnostik qilishda asosan sotsiometrik testlardan foydalaniladi. Ushbu metodika J. МоеЙР tomonidan 1934- yilda taklif qilingan bo‘lib, uning maohiyati - guruh a’zolarining turli sohalarda (o‘qishda, dam olishda, jamoat topshirig‘ini bajarishda, sport jamoasida, turli to‘garakda va shu kabi.) birgalikda faoliyat yuritishga yoki yuritmaslikka nisbatan bo‘lgan munosabatlarini aniqlashga asoslangan. Guruh a’zolari javoblaridan olingan natijalarga asoslanib guruh a’zolarining guruhdagi individual sotsiometrik mavqei (yetakchi, yakkalangan va hokazo), shaxslararo munosabatlarning tarkibi, guruhning yakdil va hamjihatligi kabilar aniqlanadi.
Sotsiometrik testlarning bir qancha modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, o‘z tuzilishiga ko‘ra autosotsiometrik metodlar qo‘llanilishining qulayligi va olinadigan natijalarni ishlashning oddiyligi va ishonchliligi bilan boshqalaridan ajralib Ayf^ptsipmstrik трГпЯЦг vositasida shaxslararo munosabatlari o‘rganishda respondentlarning o‘zlari guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlari hamda o‘zlariga nisbatan munosabatlarini o‘lchaydilar.Ya.L.Kolominskiy tomonidan taklif qilingan autosotsiometrik a^f6eF~varia- Sinaluvchiga to‘rtta kontsentrik halqa chizilgan qog‘oz varaqi berilib, guruh o‘quvchilarining jamoadagi nufuzi darajasiga ko‘ra e’tibor markazidan tashqariga qaratilib belgilab borish so‘raladi. Ya’ni, ushbu halqalar markaziga guruhdagi juda ko‘pchilikka yoqadigan o‘quvchilarning ismini yozish taklif qilinadi, nisbatan ko‘pchilik hurmatiga sazovor bo‘lganlar - ikkinchi xalqaga, guruhda o‘rtacha e’tibor va nufuzga ega bo‘lganlar, uchinchi xalqaga va hokazo.