Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə21/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Kim tanladi



Kimni tanladi



1


2


3


4



1

Nargiza












®


2

Dilfuza

Ф







1



3

Jahongir





1




Ф



4

Muzaffar


Ф




Ф






Tanlanganlar soni

2

2

1

3



Bir-birini tanlaganlar soni

2

1

1

2


1-rasm Sotsiometrik shaklalashtirish matritsasi
O‘quvchilardan olingan autosotsiogrammaga asosan ularning har birini guruhdagi ijtimoiy mavqeini aniqlash mumkin. Ushbu metod vositasida olinadigan ko‘rsatkichlar, respondent tomonidan faqatgina guruhning ayrim a’zolari emas. balki barchasining o‘zaro munosabatini aks ettirganligi tufayli, boshqa sotsiometrik metodlarga qaraganda ancha ishonarlidir. Autosotsiometrik metod yordamida olinadigan natijalar tahliliga asoslanib, har bir o‘quvchining guruhda tutgan haqiqiy va orzusidagi ijtimoiy nufuzi hamda guruhdagi boshqa o‘quvchilarning ijtimoiy mavqelariga oid ma’lumotlar to‘planadi7.

Sotsiometrik shkalalar guruh murabbiylari tomonidan nihoyatda keng qo‘llaniladigan tashxis metodi bo‘lib, guruhdagi o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarini, har bir o‘quvchining ijtimoiy guruhda tutgan o‘rnini aniqlashga yordam beradi.


Sotsiometrik shakllar metodidan foydalanishda o‘quvchilarga quyidagi savollarni berish mumkin: “Guruhda kim bilan bir partada o‘tirishni xohlar eding?”, “Kimni guruh sardori bo‘lishga tavsiya qilgan bo‘lar eding?” va shu kabilar O‘quvchilarga birinchi, ikkinchi va uchinchi navbatda o‘zlari ma’qul deb hisoblagan javoblarni berishlari tavsiya qilinadi. So‘rov natijalari asosida matritsa tuzilib, bir-birini tanlagan o‘quvchilar doira ichiga olib belgilanadilar. Shundan so‘ng, alohida varoqda sotsiogramma chiziladi. Tanlovlar soniga qarab liderlar, e’tibor markaziga tushganlar va e’tibordan chetda qo‘lganlar aniqlanishi mumkin. Bu matritsada kim kimni tanlaganligini kо’rsatish lozim bo‘ladi.


Shaxs faoliyati yo‘nalishlarini aniqlash metodi
Mazkur metod M.Rokich tomonidan asoslangan bo‘lib, shaxs faoliyati yo‘nalishlarini aniqlash, uning atrof-muhit va ijtimoiy qonuniyatlarga munosabati, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki, faoliyati, shuningdek, ijtimoiy faollik darajasini o‘rganishda foydalaniladi.

M.Rokich shaxs hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni ikki guruhga ajratadi, ya’ni:
1) Ifodali (atamali) qadriyatlar. Ushbu qadriyatlar negizida shaxs hayotida ustuvor o‘rin tutuvchi tamoyil, asosiy hayotiy maqsad, uni amalga oshirish yo‘lida olib borayotan harakatining to‘g‘riligiga bo‘lgan ishonch aks etadi;
2) amaliy (harakatga yo‘naltiruvchi) qadriyatlar. Mazkur qadriyatlar orqali shaxsning irodaviy sifatlari namoyon bo‘lib, ularning faoliyat samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati e’tirof etiladi.
Ushbu metoddan foydalanish tartibi quyidagicha: respondentlarga alohida ustunda berilgan ifodali (atamali) va aShhy-~-(harakatga yo‘naltiruvchi) qadriyatlar ro‘yxati (qog‘ozda) taqdim etiladi. Ular ro‘yxat bilan tanishib chiqib, dastlab ifodali (atamali), keyin esa amaliy (harakatga yo‘naltiruvchi) qadriyatlarning shaxsiy hayot, turmush tarzi, hayotiy maqsad hamda faoliyatlariga qay darajada daxldor ekanligi, ahamiyat kasb etishiga ko‘ra o‘rinlarini belgilaydilar. Bunda har ikki guruhda berilgan qadriyatlar 1-, 2-, 3- va ... 20-o‘rin tarzida qayta tartiblanadi. Sinov jarayonida respondentlar o‘zlarini erkin tutishlari va erkin harakat qilishlari ta’minlanadi, ularga hech qanday maslahat berilmaydi va ularning shaxsiy yondoshuvlari tanqid qilinmaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin