Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Ijtimoiy-pedagogik treningni tashkil qilish



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə89/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Ijtimoiy-pedagogik treningni tashkil qilish. Pedagogik korreksiya jarayonida o‘quvchilar bilan ijtimoiy-pedagogik trening tashkil qilishda pedagog yoshlarga o‘zi va boshqalarning imkoniyatlarini baholash, mavjud muammolarni mustaqil yoki guruh a’zolari bilan hamjihatlikda tahlil qilish va bartaraf etish, mustaqil qaror qabul qilish, o‘z xatti-harakatlarini sodir etishdan oldin tahlil qilish va noto‘g‘ri baholashni o‘rgatadi.
Ta’lim muassasalarida trening mashg‘ulotlarini boshlashdan oldin guruhga kirmoqchi bo‘lgan har bir shaxs to‘g‘risida ma’lumot yig‘iladi va ularda bo‘lajak korreksiyaga nisbatan ijobiy munosabat (ya’ni tarbiyaviy mobillik - maull.) shakllantiriladi.
Ijtimoiy pedagogik trening quyidagi tartibda tashkil qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
  • shaxs xulqi yoki faoliyatidagi mavjud muammo (agar shunday muammo mavjud bo‘lsa) aniqlanadi;


  • muammoni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablar aniqlanadi;


  • mavjud ma’lumotlar tahlil qilinadi va tahlil natijalariga asoslanib muammoni bartaraf qilish yuzasidan ishchi faraz ilgari suriladi;


  • ishchi farazni tekshirish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘planadi va tahlil qilinadi;


  • ishchi faraz o‘z tasdig‘ini topmasa muammo shu tartibda takroran o‘rganib chiqiladi.



2-rasm. Ijtimoiy-pedagogik trening sxemasi
Pedagogik korreksiyaning guruhli shaklda tashkil etilishining samaradorligi guruhning umumiy shakllanganlik darajasini tavsiflovchi me’zonlar aniqligiga, har bir ishtirokchining guruhdagi jtimoiy munosabatlarda tutgan o‘rniga hamda pedagog tomonidan mash- g‘ulotlar jarayonida qo‘llaniladigan metodlarni to‘g‘ri tanlanishi va ulardan o‘rinli foydalanilishiga bog‘liq. Ushbu jarayon samaradorligining asosiy sharti - guruh a’zolarining yagona tizimga integratsiyalashuvi bo‘lib, pedagog bunga quyidagi yo‘l bilan erishishi mumkin:
1.
Guruh a’zolariga majmuaviy pedagogik ta’sir etish.
2.
Guruh a’zolarining muntazam ravishda va har tomonlama o‘zaro g‘amxo‘rlik qilishlariga erishish.
3.
Guruhning ayrim a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni yaratish.
4.
Guruhning o‘zi o‘zini boshqarish imkoniyatlarini asta sekin kengaytirib borish.
5.
Guruh a’zolarining harakatlarini birlashtirish15.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin