Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Tushuntiruvchi suhbat metodikasining xususiy tamoyillari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə87/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Tushuntiruvchi suhbat metodikasining xususiy tamoyillari. O‘quvchida ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va kasbiy zarur sitatlarni korreksiya qilishda tushuntiruvchi suhbat metodikasining samaradorligi pedagog tomonidan quyidagi xususiy tamoyillarga rioya qilinishi bilan belgilanadi:
1.
Suhbat jarayonida o‘quvchining faolligi tamoyili. O‘quvchini suhbat jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, o‘zi va boshqalarning xatti-harakatlarini nazorat va tahlil qilishi, pedagog tomonidan taklif qilingan turli mashqlarni bajarishi.
2.
Suhbat jarayoniga ijodiy yondashish tamoyili. Suhbat jarayonida mavjud muammoni o‘quvchining o‘zi hal qilishiga, ijtimoiy muhit bilan hamma uchun ilgaridan ma’lum bo‘lgan muloqotning samarali shakllarini “qaytadan ixtiro qilishiga” sharoit yaratish. Bunda pedagog ushbu jarayonga aralashmaslikka harakat qilib asosan kuzatishi, hulosa qilishga shoshilmasligi.
3.
O‘quvchi xulqi obyektivizatsiyasi tamoyili. Suhbat jarayonida o‘quvchi o‘zining noto‘g‘ri xatti-harakatlarini, xulq-atvorini muhokama qilishiga harakat qilishi, bunda pedagog “aks aloqa”ga ko‘proq e’tibor berishi.
4.
Suhbat jarayonida bilish faolligini oshirish tamoyili. Suhbat o‘quvchi tomonidan mustaqil ravishda muammoning mohiyatini anglashiga va yechim yo‘llarini belgilab, ularning har birini baholashiga va maqsadga muvofig‘ini tanlashiga sharoit yaratishi.
5.
Suhbat jarayonida o‘zaro tenglik tamoyili. Ushbu tamoyil suhbat ishtirokchilarining o‘zaro teng pozitsiyadan turib muloqot qilishlariga, bir birlarining muammoga munosabatlarini, fikrlarini, qadriyatlarini matnda his-tuyg‘ularini hurmat qilishga va tushunishga intilishga asoslangan.

Tushuntiruvchi suhbat metodikasi asosan individual shaklda qo‘llanilsada, ayrim hollarda kichik guruh bilan yangi ko‘rilayotgan muammoning yechimi yuzasidan ma’lumotlarni shakllantirish yoki qo‘shimcha ma’lumotlar berish maqsadida ham qo‘llanilishi mumkin. Buning uchun ko‘rilayotgan muammo suhbatda ishtirok etayotgan o‘quvchilarning barchasi uchun dolzarb bo‘lishi kerak.





Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin