Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika


S Qiziqishlami aniqlash so‘rovnomalari ■S



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə28/43
tarix20.01.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#79892
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
umumiy psixodiagnostika

S Qiziqishlami aniqlash so‘rovnomalari
SQadriyatlami aniqlash so‘rovnomalari
S Ustanovkalarni aniqlash so‘rovnomalari.
MMPI - (Minnesota Multifasik Personality Inventory) Minnesot ko‘p omilli shaxs so‘rovnomasi 1941 yilda S.Xetuey va Dj.Makkinli tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu so‘rovnoma norma va patologiyani aniqlash uchun moijallangan. 16 dan 55 yoshgacha
bo‘lgan 700 nafar sinaluvchilarda standartlashtirilgan. Metodika 550 ta tasdiqdan iborat boiib, ularga “to ‘g‘ri”, “noto‘g‘ri”, “aytish qiyin” tarzida javob berish so‘raladi.10 ta asosiy va yana 3 ta nazorat shkalasidan iborat: >Depressiya shkalasi (ta’sirchanlik,o‘zidan qoniqmaslik);
> Ipoxondriya shkalasi (sogiigiga haddan ortiq etibor qaratish);
Msteriya shkalasi (namoyishkoronalik);
>Psixopatiya shkalsi (ijtimoiy dezadaptatsiya,o‘zini
tutolmaslik, agressivlik,ta’sirchanlik);
>Erkaklik va ayollik shkalasi (ayollik yoki erkaklik roli bilan
identifikatsiya);
>Paranoyallik shkalasi (egoizm,o‘zidan mamnunlik);
>Psixoasteniya shkalasi (xavotirli, shubhali,o‘z kuchlariga
ishonmaslik);
> Shizoidlikni aniqash shkalasi (autistik tip);
>Gipomaniya shkalasi (sababsiz ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lish,
faollik, g‘ayratlilik); -
Mjtimoiy introversiya shkalasi (munosabatlarda tortinish,
uyalish).
X.Shmishekning aksentuatsiya tiplarini diagnostika qilishga mo‘ljalIangan metodika. Ushbu metodika K.Leongardning xarakter aksentuatsiyasi konsepsiyasi asosida yaratilgan. Bunda 10 ta tip ajratib ko‘rsatiladi:
1. Namoyishkorona tip -boshqalaming diqqat markazida boiish;
2. Pedantik tip - haddan ortiq tartiblilik, qat’iyatsizlik,
ehtiyotkorlik, o‘zgarishlarga noqobillik;
3. Qotib qoluvchi tip (rigidlik) - kuchli barqaror affekt,
emotsional kechinmalami uzoq saqlanishi;
4. Qo‘zg‘aluvchan tip - impulsivlik;
5. Gipertim tip - doimo ko‘tarinki kayfiyatning ustuvorligi;
6. Distim tip - gipertimning aksi, hayotning achchiq, qora
tomonlariga etiborlilik, passivlik;
7. Xavotirli tip - omadsizliklardan cho‘chish,kuchli xavotirlanish,
tortinchoqlik, o‘z kuchlariga ishonmaslik;
8. Siklotim tip - gipertim va distim holatlarni doimiy almashinib
turishi;
9. Ekzaltir tip - quvonchli holatlarga va qayg‘uga kuchli reaksiya
ko'rsatish, haddan ortiq ta’sirchanlik;
10. Emotiv tip - yumshoq ko‘ngi!lilik, dilkash!ik,yuqori empatiya,
yig‘loqilik.
Proyektiv texnikalar:
Psixoanalizning asosiy tushunchasi ongsizlikdir. Dastavval, bu tushuncha shaxsning yashirin harakatlantiruvchi kuchi, organizmning yashirin tubidan harakat qiluvchi motiv deb qaralgan. Aqi ongsizlikka nisbatan yashirin mexanizm boiib xizmat qiladi. Ongsizlik sohasiga kirish, undagi yashirin tendensiyalami tushunish uchun eksperiment davomida ongni o‘ziga xos topshiriqlami hal qilishga qaratish lozim boigan. Bu esa shaxsda ongsizlikni ihtiyorsiz tarzda namoyon qilish imkonini yaratgan. Aynan mana,
shunday topshiriqlar proyektiv metodikalarga kiritilgan. Shaxsning yetukligi darajasini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biri - mas’uliyatdir. Shaxsning muhim xususiyati birovlarga bogiiq boimasligi, mustaqillik va o‘z maqsadlariga erishishda insonning faoliigi, boiayotgan voqealarga nisbatan shaxsiy javobgarlik hissining rivojlanishidir.
Ushbu xususiyatni o‘rganish metodlari dastlab XX asming 60 yillarida AQSh da ishlab chiqilgan. Nazorat lokusi nazariyasi yaratilib, uning asoschisi amerikalik olim Dj.Rotter hisoblanadi. Unga ko‘ra har bir insonda ikki turdagi mas’uliyat kuzatiladi. Bular:
1. Internal nazorat lokusi.
2.EksternaI nazorat lokusi.
Birinchi turdagi mas’uliyatda shaxs o‘zining hayotida ro‘y beradigan barcha hodisalaming sababchisi, mas’uli sifatida o‘zini tan oladi. Bunday kishilarda internal nazorat lokusi ustunlik qiladi. Mas’uliyatlilikning ikkinchi turida undan farqli barcha ro‘y bergan va beradigan voqea va hodisalaming sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar hisoblanadi. Nazorat lokusining bu turi ekstemal nazorat deb ataladi. Eksternallar mas’uliyatni boshqalar zimmasiga yuklashga moyildirlar. Intemallar o‘z hayotlaridagi barcha yaxshi narsalarga o‘z kuchlari bilan erishadilar va kelajakda ham o‘z maqsadlariga muvaffaqiyat bilan erishishga qobil boiadilar. Biroq shu bilan birga
ular barcha salbiy hodisalar javobgarligini ham o‘z bo4ynilariga oladilar, omadsizlik, azoblanishlarda o‘zlarini ayblaydilar. Bunday kishilar o‘z ishlarini tashkil qilishda o‘z harakatlarini muhim omil deb hisoblaydilar, jamoadagi munosabatlar, lavozimda ko‘tarilish faqat o‘zlariga bog‘liq boiadi. Internallar oilaviy hayotdagi voqea va hodisalarga o‘zlarini mas’ul deb biladilar, oilaviy muammolar yuzaga kelsa, bunda turmush o‘rtoqlarini eraas, avvalam bor o‘zlarini aybdor his qiladilar va o‘zlarini o‘zgartirishga harakat qiladilar. Bunday odamlar o‘zlarini boshqalar bilan norasmiy munosabatlarini nazorat qilishga qobil deb biladilar, o‘zlariga nisbatan hurmat, simpatiyani, muloqot doirasini faol qura oladilar. Interna! ko‘p jihatdan salomatligiga ham o‘zi mas’ul ekanligini his qiladi. Agar betob boiib qolsa, o‘zini ayblaydi va davolanish ham shifokorga emas, o‘ziga bogiiq deb hisoblaydi. Shunday qiSib, intemal uchun faol hayotiy pozitsiya, mustaqillik, o‘ziga nisbatan mas’uliyat hissi xosdir. kstemallar esa aksincha, ko‘pincha passiv boiadilar, ular uchun pessimizm xos boiib, o‘zlariga hech narsa bog‘liq emas, hamraa narsa tashqi sharoitlarga bogiiq deb hisoblaydi lar. Ular o‘zlarining muvaffaqiyati, yutuq va quvonchlarining ham sababchisi omad, taqdir yoki odamlaming yordami deb biladilar. “Intemal” tipidagi odamlar ko‘pincha hayotda “g‘olib”, ekstemallar esa “magiub” boiib, ularning hayotiy ssenariylari ham, o‘zlari va boshqa odamlarga boigan munosabatlari ham turlicha boiadi (ssenariy - hayotiy reja). Strelyau test-so‘rovnomasi. Zamonaviy mashhur polyak psixologi Yan Strelyau Pavlov-Teplov differensial-psixofiziologik mohiyati asosida uchta asab faoliyati ta’rifini oichab yo‘naltirilgan testni qayta ishlab chiqdi: asabiylashish, tormozlanish, harakatchanlik (Strelyau YA.,1982). Test-soi'ovnoma 134 ta savoldan iborat boiib, uch xil javob varianti keltirilgan. So‘rovnomani oikazish uchun faqatgina standart qoilanma va javob varaqasi kerak boiadi. Mazkur so‘rovnomani individual va garuhiy tarzda o‘tkazish mumkin. Soiovnomadagi har bir savol testning maium bir shkalasiga mos keladi: 45 ta savol - birinchi shkalaga, 44ta savol - ikkinchi
shkalaga, 43 tasi - uchinchi shkalaga tegishli. Kettel testi. (16 PF- so‘rovnoma) Ko‘p omilli shaxs so‘rovnomasi 1949 yili R.B.Kettel tomonidan tuzilgan boiib, hozirgi kunda ham psixodiagnostik amaliyotda keng qoilanilmoqda. Bu test sinaluvchi haqida ko‘proq jumladan, muloqotchanlik, aqliy fiinksiyalarning shakllanganlik darajasi, emotsional barqarorlik yoki beqarorlik, tobelik yoki mustaqil, hukmronlik, tortinchoqlik, ochiq
ko‘ngillik va boshqa xususiyatlar to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi. Ushbu testning qisqartirilgan varianti 105 ta savol va ularga keltirilgan mulohazalardan iborat bo‘lib, vaqt tanqisligi holatlarida juda qo‘l keladi. Testni qo‘llash vaqti 20-50 daqiqani
tashkil etishi mumkin. Sinaluvchiga ko‘rsatma beriladi. Javoblar varaqalari maxsus test kaliti orqali quyidagicha baholanadi: Kalitga mos keigan “a” va “d” javoblar 2balldan, “b” javob esa 1 baudan baholanadi. Har bir keltirilgan savollar to‘plami javobidan
biron-bir faktoming ahamiyati ochiladi. Faktor V bundan mustasno, bu to‘plamdagi barcha javoblar 1 baldan baholanadi. Shunday qilib, barcha faktorlar bo‘yicha maksimal bail 12 ballni, V faktorda esa 8 ballni tashkil etadi.
Glossariy
Sfeaxs - o‘zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodi, qarash, munosabatlari, baholariga ega bo‘lgan subyekt. Im so h — tushunchasi barcha odam larga xos bo‘lgan insoniy xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Bunda konkret insonda ushbu xususiyatlar bor yoki yoqligi ahamiyatga ega emas. Individ - biologik, jismoniy, ijtimoiy, psixologik xususiyatlarga ega boigan alohida olingan inson. Individ tushunchasiga insonni boshqalardan ajratib turuvehi xususiyatlar bilan bir qatorda barcha insonlarga xos bo‘)gan sifatlarni ham kiritish mumkin. Individuallik - insonni boshqalardan ajratib turuvehi individlik va shaxslilik sifatlarini o‘z ichiga oladi. Shaxs so‘rovnomalari - bu shaxsning alohida xususiyatlarini aniqlash va baholash uchun qoilaniladigan metodik vositalar majmuidir. Internai nazorat - shaxs o‘zining hayotida ro‘y beradigan barcha hodisalaming sababehisi, mas’uli sifatida o‘zini tan olishi. Eksteraal nazorat - bu nazorat turining asosiy jihati shu bilan xarakterlanadiki, bunda barcha ro‘y berayotgan voqea va hodisalaming mas’uli, sababehisi sifatida tashqi omillar, boshqa odimlar hisoblanadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin